Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Pensiya va nafaqaga oid atamalar

22 сентябрь 2023 йил
216
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida” Nizomida pensiyaga oid atamalar va ularga berilgan tariflardan foydalanish belgilangan.

Band shaxs — oʼzini ish bilan mustaqil taʼminlaydigan va ish vaqtini hisobga olish mumkin boʼlmagan jismoniy shaxs, tadbirkor, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar, 2021 yil 1 iyundan keyingi davr uchun turmush oʼrtogʼining mehnatga haq toʼlash tarzidagi oʼz daromadidan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʼlangan jismoniy shaxs, qonunchilik hujjatlariga asosan oʼzini oʼzi band qilgan shaxs, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi, bevosita qoramol oʼstiradigan hamda chorvachilik mahsulotlari va boshqa qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sotadigan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʼjaligida band boʼlgan shaxs, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subʼekti;
ish staji — mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) va ish joyidan, xizmatdan, oʼqishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar boʼyicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan qatʼi nazar, qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqini beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;
ish haqi — shaxsning pensiyani hisoblash (qayta hisoblash) uchun qabul qilinadigan ish haqi;
maxsus ish staji — xalq xoʼjaligining muayyan tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonunchilikka muvofiq imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davomiyligi;
nafaqa — Qonunda belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʼlmagan shaxslarga nafaqa yoshiga toʼlishi, nogironlik yoki boquvchisini yoʼqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʼlovi;
pensiya — uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga toʼlish, nogironlik yoki boquvchisini yoʼqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʼlovi;
pensiyaga oid hujjatlar yigʼmajildi turadigan joy — pensioner yashash joyi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasining tuman (shahar) boʼlimi;
pensiyaga oid hujjatlar yigʼmajildi (pensiya ishi) — ular asosida pensiya soʼrab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan hujjatlarning tikilgan turkumi va/yoki Pensiya jamgʼarmasining «Pensiya» axborot tizimida saqlanadigan pensiya soʼrab murojaat qilgan shaxsning elektron koʼrinishdagi pensiyaga oid hujjatlari va/yoki maʼlumotlari;
pensiya tayinlashni soʼrab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʼtkazish, shuningdek, ilgari toʼxtatib qoʼyilgan (toʼxtatilgan) pensiya toʼlashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) toʼgʼrisida Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga ariza berish;
shaxs — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʼlmagan shaxs;
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʼiz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi boʼlgan shaxslar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʼyicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy roʼyxatdan oʼtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʼlmagan (doimiy roʼyxatdan oʼtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʼyxatdan oʼtish) joyi;
qonuniy vakil — qonunchilikda belgilangan tartibda shunday deb eʼtirof etilgan ota-onalar, farzandlikka oluvchi, yetim bola va/yoki ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolani oilaga tarbiyaga (patronat) oluvchi, vasiy yoki homiylik qiluvchi;
qaydnoma — pensioner va/yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport (identifikatsiya ID-karta) maʼlumotlari, pensiya va/yoki nafaqa toʼlov muddati, miqdoriga doir maʼlumotlar aks ettirilgan, pensiya va/yoki nafaqa toʼlovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan elektron shakldagi hujjat.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар