Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

To‘qsonbosti – daromadli usul

25 сентябрь 2023 йил
152
0

 Paxtakor tumani Olmazor mahallasida "Obod xonadon - obod ko`cha - obod mahalla" mezonlari ostida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir quvonarlisi xonadon egalari tomonidan tomorqadan unumli foydalanish maqsadida to’qson bosti ekinlar ekish ishlari ham boshlab yuborilgan.

 

Xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma’no maqol bor.

 

Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta’kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas.

 

Saxovatli zaminimiz bor. Yurtimiz iqlimi ham dehqonchilik uchun g‘oyatda qulay. Har bir qarich yerdan yil davomida bir necha marotaba hosil olish mumkin. Xususan, kunlar soviy boshlaydigan kech kuzda to‘qsonbosti ekinlari ekish mumkin. Shu boisdan, dalalarimizda asosiy va takroriy ekinlar hosili yig‘ib olingan shu kunlarda bobodehqonlarimiz to‘qsonbosti ekinlar ekishni boshlab yuborishdi.

 

E’tiborlisi, dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘ladi.

 

Xususan, Olmazor mahallasi aholi tomorqalarida, fermerlar va qishloq xo‘jaligi yerlarida ekish ishlarining borishi, urug‘liklar, moddiy-texnik resurslarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi kabi masalalarni joyida o‘rganib, bu boradagi tadbirlarni samarali tashkil etish ishlarini amalga oshirmoqda. mahalla hududlarining tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ochiq maydonlarga, bog‘-tok qator oralariga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish, ekish va parvarishlash yuzasidan mahallada ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda. 

 

Mamlakatimiz dehqonlari nafaqat quyoshli kunlarda, balki yilning eng sovuq va noqulay ob-havo sharoitida ham mahsulot yetishtirish orqali bozorlarimizning to‘kin-sochinligini ta’minlashga, eksport hajmini ko‘paytirib, qo‘shimcha daromad olishga erishmoqda.

Jumladan, mahallada istiqomat qiluvchi Mustapov Olim aka 4 sotix tomorqasidan bir yilda 3 marta xosil olaman, shu yil bahor oyida 35 millionga yaqin daromat qildim deydi-y. Tomorqada oila azolari bilan birga ishlaydi, Oliy ta’limdagi ikki nafar farzandini shartnomalarini to’lab boradi.

Navbatdagi manzil Joynoqov Hudoyberdi boboni xonadoni bo’ldi. O’zim nafaqada bo’lsamda tomorqada ishlash menga zavq bag’ishlaydi, qon yurishadi ishlasam harakatda bo’lsam yosharaman deydi – y. Biz aksar poliz ekinlarini shu tomorqadan olamiz, qo’shnilarga tarqatamiz, ortaganini ichki bozorga topshiramiz daman yaxshi mehnat tagi rohat degani shu bo’lsa kerak deydi bobo.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Olmazorda obod xonadon, xonadon egalari bilan birgalikda
16 сентябрь 2023, Суббота
Olmazorda obod xonadon, xonadon egalari bilan birgalikda
Obod bo’layotgan Olmazor
14 сентябрь 2023, Четверг
Obod bo’layotgan Olmazor
Hashar - obod yurtda ezgu anʼana!
18 март 2023, Суббота
Hashar - obod yurtda ezgu anʼana!
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар