Olmazorda "Obod xonadon - obod ko`cha - obod mahalla" mezonlari joriy etilmoqda
Olmazor mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko`cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta`minlash va og`ir hudud toifasidan chiqarish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari topshirig`i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Paxtakor tumani Olmazor mahallasidagi faoliyati ayni shu mezonlar asosida amalga oshirilayapti. Bu "Obodlik xonadondan boshlanadi", "Obodlik ko`ngildan boshlanadi", degan qadim haqiqatning real hayotimizdagi yana bir isbotidir.
Prezident Xalq qabulxonasi, vazirliklar, qo`mitalar va viloyat sektorlari mas`ullarining Olmazor mahallasidagi o`rganishlari natijasida umumfoydalanuvdagi tuproq ko`chalar tosh yo`lga aylantirilyapti.
Hududdagi 36 ta eskirgan simyog`ochlarni beton ustunlarga almashtirish, 7 km tarmoqni yangilash va bitta qo`shimcha transformator o`rnatish belgilab olinib, bu boradagi amaliy ishlarga kirishildi. Yo`laklar ta`mirlanib, ta`lim va tibbiyot muassasalarini ta`mirlash, avtobekat qurish, mobil aloqa xizmatini yaxshilashga ham alohida e`tibor qaratilyapti.