Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash TАRTIBI

Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash TАRTIBI

28 сентябрь 2023 йил
121
0

 1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
1.1. Samolyotlarda uchishlarning har 20 soati (mazkur bandning 1.2, 1.3, 1.4-kichik bandlarida nazarda tutilgan ishlar va uchishlardan tashqari) —belgilangan xizmat muddatining bir oyiga oʼtadi.
1.2. Vertolyotlarda, maxsus qoʼllaniladigan aviatsiyadagi (sanitariya parvozlari, aviakimyo ishlari, aerofotosʼyomkalar, patrullik qilish, atmosferani tekshirish va ishlarning boshqa turlari), chet el havo kemalarini kuzatib boruvchi guruh tarkibidagi lavozimlarda (boshlovchi sifatida), komandirlik-uchuvchi va instruktorlik tarkibidagi lavozimlarda, shu jumladan, aviatsiyaning uchuvchilar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish oliy va oʼrta taʼlim muassasalarida uchishlarning har 12 soati — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga oʼtadi.
1.3. Аvariya-qutqaruv (qidiruv-qutqaruv) havo kemalari ekipaji tarkibida bir yil ishlash — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga oʼtadi.
1.4. «Vatanparvar» oʼquv va sport aviatsiyasi tashkilotlarining uchuvchilar tarkibidagi lavozimlarda bir yil ishlash, tayyorgarlikning oʼquv-uchish rejasini bajargan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, murakkab va oliy pilotaj elementlarini bajargan taqdirda esa — 2 yiliga oʼtadi.
1.5. Yoshi tufayli imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beradigan parashyutchilar (barcha nomlardagi), qutqaruvchilar, oʼt oʼchiruvchi-desantchilar (barcha nomlardagi), avia oʼt oʼchirish xizmati instruktorlari, parashyut (parashyutchi-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv) boʼlinmalari rahbarlari, parashyutchi-desant guruhlarining shtatdagi va shtatdan tashqari xodimlari sifatida bir yil ishlash, porshenli samolyotlardan, vertolyotlardan, dirijabllardan va aerostatlardan sakrashning, balandligi 10 metrdan kam boʼlmagan balandlikda vertolyotdan osilib turib, maxsus tushish va koʼtarilish moslamalarida ish bajarishning yillik normalari bajarilgan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, reaktiv samolyotlar va vertolyotlardan sakrashning yillik normasi bajarilganda esa — 2 yiliga oʼtadi.
1.6. 1.4 va 1.5-kichik bandlarda nazarda tutilganlarga muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini imtiyozli hisobga olish huquqini beruvchi shartlar bajarilmagan taqdirda bir yil xizmat — belgilangan xizmat muddatining bir yiliga oʼtadi.
2. 1.1 va 1.2-kichik bandlarga muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash uchuvchilar tarkibi lavozimlaridagi barcha parvoz etgan davrdagi haqiqiy uchgan soatlarni tegishli ravishda 20 va 12 soatlarga boʼlish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Belgilangan xizmat muddatining yillik hisobi belgilangan xizmat muddatining toʼliq oylar sonini 12 ga boʼlish yoʼli bilan aniqlanadi.
3. Yil davomida 1.1 — 1.5-kichik bandlarda koʼrsatilgan turli ishlar bajarilgan taqdirda xizmat muddatlari har bir ishda mutanosib ravishda uchish soatlarining qancha davom etganligi (band boʼlganlik)ga qarab hisoblanadi.
4. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
4.1. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan 1-roʼyxatning III qismi 2-bandining 1-kichik bandida (keyingi oʼrinlarda 1-roʼyxat deb ataladi) koʼrsatilgan lavozimlarda bir yil ishlash — sinov uchishlari mazkur yil davomida oʼtkazilgan boʼlsa, ikki yilga oʼtadi.
4.2. 1-roʼyxatning III qismi 2-bandining 2-kichik bandida koʼrsatilgan lavozimlarda bir yil ishlab, yiliga 120 va undan ortiq soat uchilgan boʼlsa — ikki yilga, 50 soatdan 120 soatgacha uchilgan boʼlsa — bir yarim yilga, 50 soatdan kam boʼlganda — bir yilga oʼtadi. Koʼrsatib oʼtilgan uchishlarning kamida 50 foizi manyovrli aviatsiya kemalarida va vertolyotlarda bajarilgan boʼlsa, belgilangan xizmat muddati shu tariqa hisoblanadi.
4.3. 1-roʼyxatning III qismi 2-bandining 3-kichik bandida koʼrsatilgan lavozimlarda bir yil ishlash, uchish soatlarining belgilangan normalari bajarilgan taqdirda, ikki yilga oʼtadi.
5. Аgar sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodim bir yil davomida sinov uchishlarida ishtirok etmagan boʼlsa, ammo boshqa turdagi (transport aviatsiyasida, uchishga tayyorgarlik tartibida va hokazo) uchishlarda ishtirok etgan boʼlsa, belgilangan xizmat muddati fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tarkibiga kiruvchilarga pensiya tayinlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.
6. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimda yil davomida uchish soatlari umuman boʼlmasa, mazkur yil belgilangan xizmat muddatiga kirmaydi. Biroq ushbu yil umumiy mehnat stajiga qoʼshiladi.
Uchishlarda ishtirok etmaslik sinov parvozlarini bajarishdagi mehnat shikastlanishi bilan bogʼliq boʼlsa, belgilangan xizmat muddati haqiqiy uchish davri boʼyicha hisobga olinadi.
7. Quyidagilar uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilarning belgilangan xizmat muddatiga kiradi:
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchuvchilar tarkibi lavozimlaridagi xizmat vaqtlari, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibida boʼlgan lavozimlarda ishlash davri — pensiya tayinlashda tegishli ravishda harbiy xizmatchilar, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilari tarkibiga va uchuvchilar tarkibiga kiruvchilar uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
1992 yilning 1 yanvaridan boshlab chet ellarda xorijiy aviatsiya uchuvchilari tarkibidagi lavozimlarda ishlash vaqti — bunda xizmat muddati Oʼzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlangan taqdirda, uchish ishlarining turiga qarab ushbu Tartibning 1-bandida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;
uchuvchilar tarkibidagi xodimlar uchun — aviatsiya oliy oʼquv yurtlaridagi oʼqish vaqti (haqiqiy oʼqish vaqti boʼyicha) — agar oʼqishga kirishdan oldin uchish lavozimlarida ishlagan boʼlsa.
8. Uchuvchilar tarkibidagi xodimlar pensiya olish uchun oʼz ixtiyorlari bilan 1992 yilning 1 yanvarigacha boʼlgan ish davrini tanlasalar, belgilangan xizmat muddati ana shu sanagacha boʼlgan qoidalar asosida hisoblab chiqiladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiya va nafaqaga oid atamalar
22 сентябрь 2023, Пятница
Pensiya va nafaqaga oid atamalar
Imtiyozli pensiya
04 апрель 2023, Вторник
Imtiyozli pensiya
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар