Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Soliq imtiyozlari: qulaylik va samara

Soliq imtiyozlari: qulaylik va samara

21 октябрь 2023 йил
86
0

Navoiy viloyatida joriy yilning o‘tgan 9 oyida belgilangan byudjet daromadlari rejasi 1 trillion 463,1 milliard so‘mga bajarildi. Tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 267,3 milliard so‘m yoki 122,4 foiz bajarildi. Mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha belgilangan reja 2 trillion 075,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Natijada 125,8 milliard so‘m mablag‘ mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirildi.

Bu haqida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sunnatillo Nazarov ma’lum qildi.  

O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyati bo‘limi va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida  o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan milliy iqtisodiyotimiz, xususan, soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida soliq xizmati organi tekshiruvchi organdan xizmat ko‘rsatuvchi tizimga o‘zgartirilishi tadbirkorlik rivojida  muhim asos bo‘layotgani ta’kidlandi.  

– Soliq tekshiruvlari va asosiysi soliq yukining kamaytirilishi, qator imtiyozlarning joriy etilishi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qilmoqda, – dedi S.Nazarov. – Natijada tadbirkorlik sub’ektlari soni sezilarli ortib, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ayni paytda viloyatimizda 25 ming 198 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Albatta, qonuniylikni ta’minlash, halol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. “Soliqchi-qo‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy ko‘mak berish, faoliyatini tiklashi uchun munosib yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Tadbirkorlik sub’ektlarini ortiqcha xarajatlar va qonun buzilishlaridan saqlash maqsadida 788 tasiga hisobotlarini to‘ldirish va topshirishga ko‘maklashildi. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlarining 212 tasiga faoliyat turidan kelib chiqib, optimal soliq rejimi tanlab berildi. Aylanma mablag‘ga muhtoj bo‘lgan 16 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 2 milliard 120 million so‘m kredit olinishiga ko‘maklashildi. 2023 yil 1 oktyabr holatiga viloyatdagi 6246 ta qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarining 402 tasiga 143 milliard 774,5 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘idan salbiy farq summasi ularning hisob raqamiga qaytarib berildi. Shuningdek, 2023 yilning o‘tgan 9 oyida norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish maqsadida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 14 ming 953 nafar xodimning rasmiy bandligi ta’minlandi.  

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 iyundagi “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida ham to‘xtalib o‘tildi.  

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyun holatiga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari, oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqarildi.  

Matbuot anjumanida mahallabay ishlash tizimining maxsus platformasi tushuntirib o‘tildi. Bugungi kunda mahallalarda soliq organlari tomonidan ishlashning yangi tizimini joriy etish maqsadida 330 ta mahallaga 182 nafar soliq xizmati organi xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ularga 19 ming 323 ta yuridik shaxs taqsimlab berilgan. Ular tomonidan 10 ming 509 ta yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha, 843 ta dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zi yetishtirgan mahsulotlarini chetga eksport qilish hamda ichki bozorga chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatildi. O‘zini-o‘zi band qilgan 75 ming 984 nafar fuqarolarning faoliyat turi bo‘yicha berilgan yengilliklar haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.  

– Mahallabay ishlash tizimining joriy etilishi natijasida tovar aylanmasi kamaygan 138 ta korxonadan 28 tasining tushumi qisqa vaqt ichida 4 milliard 489,4 million so‘mga oshirilishiga erishildi, – deydi viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Muhammad Abdullayev. – Shuningdek, mavjud soliq qarzdorligi 8 milliard 86 million so‘mga qisqartirildi. Faol yakka tartibdagi tadbirkorlar soni oy boshiga nisbatan 175 taga oshishiga erishildi. Mol-mulk va yer uchun hisoblangan soliqlar 71 milliard 145,2 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, undiruvchanlik o‘tgan yilga nisbatan 21 milliard 889,8 million so‘mga oshgan.  

Matbuot anjumanida mutasaddilar OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytardi.  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар