Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Davlat xizmatchilariga o’quv tashkil etildi

Paxtakorda Davlat xizmatchilariga o’quv tashkil etildi

06 ноябрь 2023 йил
98
0

Paxtakor tumanidagi davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yoʼl mavjud qonunchilik hujjatlari va imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi.

Ochiq muloqatda tumanda faoliyat koʼrsatayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-“Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonun;
-Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 595-sonli qarori;
- Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʼlgan sovgʼa qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi toʼgʼrisidagi” 54-sonli buyrugʼi mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Paxtakor tumani hokimligida Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonuni mazmun mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilariga berilayotgan imtiyoz va vakolatlar hamda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar haqida tushuntirishlar berildi. Shunga koʻra, davlat fuqarolik hizmatiga kirish asoslari va cheklov, Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatishga sabab boʻladigan sabablar, jumladan lavozimni egallashi uchun yolgʻon axborot taqdim etilganligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi, fuqarolikni yoʻqotish kabi sabablar aytib oʻtildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida yoʻqotishi mumkinligi ushbu xarakat uchun xatto jinoiy javobgarlik koʻzda tutilganligi haqida taʼkidlab oʻtildi.

Oʻquv seminari yakunida seminar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар