Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “To`g`ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida "Yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishda liderlik usullari!" mavzusida tadbir tashkil etildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “To`g`ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida "Yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishda liderlik usullari!" mavzusida tadbir tashkil etildi

05 март 2022 йил
488
0

     

 Jizzax viloyati Paxtakor tumanida   2022-yil  5-mart  kuni  “To`g`ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida  "Yoshlarni  kasb-hunarga yo`naltirishda liderlik usullari!" mavzusida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda tumandagi 2-umumta`lim maktabining bitiruvchi sinf o`quvchilari,  mahalla yoshlar yetakchilari va uyushmagan yoshlar, shuningdek, Jizzax viloyat “Kelajak liderlari” klubi a`zolari,  Do`stlik MFY hokim yordamchisi  O. Otajonovalar   ishtirok etdilar. 

          Dastlab Jizzax gornizon boshlig`ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari Umarov Xamza Nazarovich  o`z nutqida yoshlarga oliy maqsad qo`yish, hayotdagi vazifamizni aniqlab olish, kasb tanlash, hayotda nima uchun yashayotganimizni bilish va shu kabi qadriyatlar negizida shakllantirishimiz kerak bo`lgan tuyg`ular borasida juda ham foydali bo`lgan maslahatlar olishdi. «Harakatdan to`xtash kerak emas, maqsad qo`yish, unga ishonish va harakat qilish lozim. Shunda hammangiz, albatta, muvafaqqiyatga yetasiz!»-deb alohida ta`kidladilar.  

         O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali inspektori DAVUROV JO`RABEK USMONOVICH o`z nutqida salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko`nikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida   Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali qoshida "Kelajak liderlari" klubi tashkil etilganligi,  klub faoliyatini yo`lga qo`yishdan asosiy maqsad davlat fuqarolik xizmati uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash ekanligini bayon etdi. Shuningdek, ishga joylashishning ochiq va shaffof tizimi http://vacancy.argos.uz  platformasi haqida ma`lumot berdilar.

            IT PARK Jizzax filiali rahbari MUXITDINOVA NAZIRA BATIRXANOVNA   bugungi kunda IT-texnologiyalarining rivojlanishi kasbiy faoliyatga ham ta`sir ko`rsatdi va to`g`ridan-to`g`ri axborot texnologiyalari bilan bog`liq ko`plab kasblarni yuzaga keltirdi. Mehnat bozori nafaqat O`zbekistonda, balki butun dunyoda sifatli dasturchilarga ehtiyoj sezmoqda. Bank-moliya, xalqaro iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, xalqaro munosabatlar sohalarini o`rganish davr talabiga aylanib borayotganligi haqida alohida to`xtalib o`tdilar.

       Tumandagi NNT “DIPLOMAT-EDU” o`quv markazi rahbari OMONOV SARDOR BAXTIYOROVICH  yoshlarning o`z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o`rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun kasb egallashning hayotda muvaffaqiyatga erishishdagi muhim jihatlari haqida o`z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini berdi.

      Xalq deputatlari tuman kengashi deputati MAMANOVA KAROMAT XOLMANOVNA   kasbga yo`naltirish ta`lim siyosati darajasiga ko`tarilgan masalalardan biri ekanligi, so`nggi paytda jamiyatimizda ota-onalar orasida farzandini kasbga yo`naltirish, o`smirlar orasida esa kasb tanlash bilan bog`liq muammolar borligi, inson to`g`ri kasb tanlash orqali o`z oilasiga, jamiyatga juda katta naf keltirishi haqida o`z fikrlarini bildirdi.

         Tadbir yakunida o`quvchi yoshlar va soha vakillari o`rtasida savol-javob qizg`in tus oldi, yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар