Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

07 ноябрь 2023 йил
117
0

 Mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

 

Maʼlumki, bugungi kunda yashil olamni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Аna shu maqsadda Respublikamiz boʼylab “Yashil makon” umummilliy loyihasining daraxt ekish boʼyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan edi.

 

Prezident tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarimizni yashil maydonga aylantirish, goʼzal bogʼ-rogʼlar barpo etish imkonini beradi. Bu loyihaning maqsad va vazifalari ezgu. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mamlakatda koʼchat ekish boʼyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilish borasidagi tashabbusini nurobodliklar yakdillik bilan qoʼllab-quvvatlashmoqda. Bugun yashil olamni saqlash, ekologiya buzilishining oldini olish, tabiatga nisbatan munosabatni oʼzgartirish eng muhim vazifalardan boʼlib turibdi.

 

Tuman hokimi Asilbek Ashurov boshchiligidagi barcha Qurilish bo’limi tashkilotlari, tuman Aloqa bog’lanmasi bo’limi, Qurilish uy-joy komunal bo’limi, Yo'llardan foydalanish unitary korxonasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman Elektr ta'minoti korxonasi, "Tumangaz" gaz bo’limi, tuman Suvoqova korxonasi, Favqulotda vaziyatlar bo’linmasi, tuman Kadastr bo’limi xodimlari Yurtboshimiz boshlab bergan ezgu loyihada kamarbasta boʼlmoqda.

 

Loyiha doirasida G’alaba mahallasida 1.5 gektardan ortiq joyda bog’ yaratilib, koʼchat oʼtqazish ishlari olib borilmoqda. Ushbu bog’ga mevali, manzarali daraxt koʼchatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

 

Shu kunlarda yashil hudud bunyodkorlari oʼz yashash hududlariga iqlim sharoitlaridan kelib chiqib shumtol, qayragʼoch, pavloniya, zarang, akatsiya, terak, chinor, tut, jiyda, yongʼoq va boshqa mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ekishmoqda.

 

Tuman shtabidan olingan maʼlumotga koʼra, 7 noyabr holatiga tuman boʼyicha 109 ming 750 tup koʼchat ekilgan.

 

Koʼchat ekish ishlarida tumandagi barcha tashkilot, korxona, muassasalar faol ishtirok etmoqda. Tuman hokimligi, «Ecobozor», tuman byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, tuman statistika boʼlimi, tuman qishloq xoʼjaligi hamda tumandagi mahallalar ham rejalarini oshigʼi bilan bajarib, marra sari ildam odimlamoqdalar.

 

Ekilgan turfa manzarali va mevali koʼchatlar tumanimizning har bir goʼshasini yanada goʼzallashtirishiga va ekologiya sofligiga ulkan hissa boʼlishiga shubha yoʼq. Bunday ishlar nafaqat “dolzarb 40 kunlik”da, balki har yili anʼanaviy tarzda amalga oshirilishi bizni faqat xursand qiladi. Tumanimizning har nuqtasida hamma koʼchat ekmoqda.

 

 “Yaxshidan bogʼ qoladi”, deydi xalqimiz. Har bir ekilgan koʼchat vaqt oʼtgan sari tumanimiz husniga husn qoʼshishi tayin. Аvlodlarga esa bogʼu boʼston qoldirish xalqimizning azaliy amallaridan sanaladi.

 

Ha, yashil olam qanchalik katta hududni egallasa, osmonimiz ham shuncha musaffo boʼladi. Shuning uchun, barchamiz bioxilmaxillikni asrash, yashil olamni kengaytirish borasidagi ushbu xayrli loyihada faol ishtirok etaylik!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Fermerlar Kengashi tomonidan Yashil makon loyihasi
06 ноябрь 2023, Понедельник
Fermerlar Kengashi tomonidan Yashil makon loyihasi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
11 ноябрь 2022, Пятница
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
29 октябрь 2022, Суббота
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
29 октябрь 2022, Суббота
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар