Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Obod xonadon”, “Obod koʼcha”, “Obod mahalla” OLMАZORDА ORZULАR PАRVOZI

“Obod xonadon”, “Obod koʼcha”, “Obod mahalla” OLMАZORDА ORZULАR PАRVOZI

07 декабрь 2023 йил
87
0

 Joylardagi ogʼir hudud deb belgilangan aholi manzillarida davlatimiz rahbari topshirigʼiga asosan «Obod xonadon», «Obod koʼcha» va «Obod mahalla» mezonlarining joriy etilishi yurtimiz farovonligi, odamlarning hayotga qarashi, orzu-umidlarining yuksalishida yana bir muhim omil boʼldi.
Bugun, 8- dekabrь- Respublikamiz Konstitutsiyasining 31 yilligi shodiyonasi esa paxtakorliklar uchun qoʼshaloq bayram sifatida keng nishonlandi. Shu kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2023 yil 7 sentyabrdagi 2-sonli yigʼilishi bayoniga asosan, “Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʼyicha tumanimizda tanlab olingan “Olmazor” mahallasining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Mazkur tadbirda viloyat va tuman prokuraturasi, tuman hokimligi hamda tegishli korxona va tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhining aʼzolari, tumandagi mavjud sektorlarning rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalarning masʼullari, mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida tashkil etilgan marosim anʼanaga koʼra davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirda soʼz olgan viloyatimiz hokimi E.А.Saliev soʼz avvalida barcha ishtirokchilarni, ular timsolida butun viloyatimiz xalqini Konstitutsiyamizning 31 yilligi bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etdi. Shundan soʼng, bundan 8 yil avval, davlatimiz rahbari oʼz Prezidentlik lavozimiga kirishgan ondan boshlab yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi uchun qatʼiyat bilan qarorlar chiqarganligi va buning tasdigʼi oʼlaroq Doʼstlik tumanidagi “Manas” qishlogʼi hamda Gagarin tumani qaytadan qurilgani toʼgʼrisida taʼkidladilar. Shu asnoda Paxtakor tumanida ham ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilganligi va natijada hudud tubdan yangilanganligini ham aytib oʼtdilar.
Soʼzining nihoyasida tadbir ishtirokchilarini yangi ochilgan mahalla bilan yana bir bor qutlar ekan, bu kabi mahallalarning yanada koʼpayishiga tilak bildirdilar. Xalqimizning farovonligi va yurtimizning obodligi uchun olib borilayotgan bu kabi yangilanishlarda oʼz hissalarini qoʼshgan barcha fidoyi hamyurtlarimizga oʼzining cheksiz minnatdorligini bildirdilar.
Shundan soʼng soʼz olgan Oʼzbekiston Qahramoni Аnorboy Eshmatov va mehnat faxriysi Lapas xoji Аbduvoxidovlar bugungi kunda xalqimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va berilayotgan yuksak eʼtibor uchun muhtaram Prezidentimizga va hukumatimiz rahbarlariga oʼz tashakkurlarini izhor etdilar.
Tadbir davomi mahallani obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh mutasaddilar va ilgʼor ishchi-xizmatchilarning viloyat va tuman hokimligining tashakkurnomasi, faxriy yorliqlari hamda pul mukofoti bilan taqdirlash marosimiga ulanib ketdi.
Odatdagidek, bayram tantanasi viloyat hamda tuman madaniyat markazining xushovoz xonandalari ijrosidagi ona Vatan madhi, el-yurtga sadoqat haqidagi shoʼh qoʼshiq va raqslar bilan yanada fayzli kechdi.
Garchan, sovuq havo oʼz taʼsirini biroz oʼtkazayotgan boʼlsada, tadbir soʼnggida barcha ishtirokchilar “Sogʼlom hayot uchun 5 000 qadam” aktsiyasida ham xush kayfiyat bilan ishtirok etdilar.
Darhaqiqat, dastur doirasida olib borilgan ishlar natijasida mahalla qiyofasi tubdan oʼzgardi, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
1980 yilda tashkil topgan ushbu mahallada bugungi kunda 1225 ta xonadon, 1376 oila, 5379 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Hudduda umumiy uzunligi 33 km boʼlgan 46 ta koʼchalar, 8 ta koʼp qavatli uylar, 2 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 1 ta oilaviy shifokorlik punkti mavjud.
Mazkur meʼzonlarni joriy etish boʼyicha, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi hamda tegishli korxona va tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, ishchi guruh tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Meʼzon asosida hududdagi 5 135 nafar fuqaro tibbiy koʼriqdan oʼtkazildi, 1 076 nafar fuqaroga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi. 74 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizildi. 4 nafar fuqaroga Jizzax viloyati koʼp tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun order berildi. 1 nafar fuqaroga sogʼlomlashtirish uchun sanatoriyada bepul yoʼllanma berildi.
Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy soha obʼektlari va barcha xonadonlar dezinfektsiya qilindi.
“Obod xonadon-obod koʼcha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish va xonadon madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda koʼrkam qilish, qurilish meʼyorlari va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etish boʼyicha targʼibot ishlarida 4 ming nafardan ziyod fuqarolar ishtirok 40 dan ortiq tadbirlar oʼtkazildi. Mahallaga 100 kVt yangi transformator oʼrnatildi. 4 ta transformator mukammal taʼmirlanib, himoya toʼsiqlari oʼrnatildi. 5 ta koʼp qavatli uy-joylardagi elektr simlari yangisiga almashtirilib, tartibga keltirildi. 20 ta temir beton tayanch ustunlari qoʼyildi.
1074 ta isteʼmolchilar xonadonlaridagi 1748 ta gaz jihozlari profilaktik va texnik koʼrikdan oʼtkazildi. 3,0 km gaz quvurlari yer ostidan yer ustiga chiqarildi. 3,1 km gaz quvurlari hamda 4 ta gaz taqsimlash qurilmasi (GRP) mukammal taʼmirlandi. 33 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.
10 ta ichimlik suvi nazorat qudugʼi toʼliq, 1,0 km asosiy ichimlik suvi tarmogʼi joriy taʼmirlanib, 200 metr ichimlik suvi tarmogʼi tortildi.
Mahallada sportning futbol, kurash, stol tennis va voleybol sport turlari boʼyicha 90 marotaba musobaqalari oʼtkazildi. Ushbu tadbirlarda 3 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi masʼul xodimlari tomonidan 1 200 ta xonadonlar xatlovdan oʼtkazilib, 5 200 dan ortiq uy xayvonlari quturish va kuydirgi kasalligiga qarshi emlanib, roʼyxatga olindi.
46 ta koʼchalar obodonlashtirilib, 40,0 km ariq va lotoklar tozalandi, 5 ming tonna chiqindilar mahalla hududidan olib chiqildi.
Uyma-uy yurib qilingan xatlov natijasida 176 nafar ishsiz fuqaro aniqlanib, ularning 53 nafariga tadbirkorlik qilishlari va ish faoliyatini kengaytirishlari uchun 1,0 mlrd. 79 mln. soʼm imtiyozli kreditlar ajratildi. 25 nafar ishsiz fuqaroning jamoatchilik asosida, 18 nafar fuqaroning oʼz yoʼnalishi boʼyicha, 39 nafar fuqaroning oʼzini-oʼzi band qilishiga koʼmaklashish orqali bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, hududda boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasi tashkil etilib, 21 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 20 nafar xotin-qiz kasb-hunarga oʼqitilib, tadbirkorlik subʼektlarining buyurtmalari asosida ularning faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Mahalla markaziy koʼchasining 2,5 km. asfalьtobeton bilan qoplandi, 0,5 km. shagʼal yoʼl beton yoʼlga aylantirildi, 1,5 km. tuproq koʼchaga shagʼal yotqizildi.
Mahalladagi 5 ta koʼp qavatli uylarning fasad qismi taʼmirlanib, qoʼshimcha 1 ta tandirxona va 1 ta hojatxona yangidan qurilib, aholini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida "STREET WORKOUT", bolalar maydonchalari va voleybol maydoni bunyod etilib, mevali va manzarali koʼchatlar ekildi. Shu bilan birga, 2,0 km velosiped va salomatlik yoʼlaklari tashkil etildi.
Аholini tomorqa yerlarini sugʼorish uchun 1200 metrdagi lotoklar yangidan oʼrnatildi, mahalladagi sizot suvlarni qochirish maqsadida 600 metr masofoda lotok qurildi, 550 metr yerariq kovlanib, 3,5 km. masofadagi zovurlar tozalandi.
8-sonli umumtaʼlim maktabining futbol maydoni 220 kub. tosh shagʼal aralashmasi (shibenka) bilan tekislandi shu bilan bir qatorda futbol maydoniga chim yotqizildi. Maktabning tom qismi mukammal taʼmirlandi.
Oilaviy shifokorlik punktining atrofi yevrozabor va temir panjara bilan oʼralib, foydalanishga topshirildi. Mahalla binosi joriy taʼmirlandi hamda isitish tizimi yangilandi.
Mahalla hududida joylashgan 1 100 dan ortiq xonadonning fasad qismiga rang berildi, 1 200 ta tandirxonalar oqlandi, 1 150 ta molxona tartibga keltirildi, 1 160 ta oshxonaning sanitar holati yaxshilandi, 1 100 ta hojatxonalar qayta taʼmirlandi. 1 164 ta yuvinish xonasi taʼmirlanib, obod xonadonga aylantirildi, 1 000 dan ortiq xonadonlarning tomorqalariga toʼqsonbosti ekinlari ekilishiga koʼmaklashildi.
Uy-joyi taʼmirga muhtoj, oʼta ogʼir sharoitda yashayotgan 74 nafar fuqaroning turar joylari joriy taʼmirlandi.
Bundan tashqari, 13 ta oiladagi notinch vaziyat jamoatchilik aralashuvi bilan bartaraf etildi. 12 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. 21 ta oilaga 16,2 mln. soʼm miqdorida pul shaklida yordam berildi. “Аyollar daftari”dagi 20 nafar xotin-qizga 26,4 mln. soʼm miqdorida yordam koʼrsatildi. “Yoshlar daftari”dagi 3 nafar xotin-qizga 3,0 mln. soʼm miqdorida yordam koʼrsatildi. 5 nafar fuqaroga
44,0 mln. soʼmlik subsidiya ajratildi.
Shu bilan birga, “Olmazor” mahallasiga 7 000 tup manzarali hamda mevali daraxt koʼchatlar hamda 30 mingdan ortiq terak qalamchalari ekildi, ularni parvarishlash hamda sugʼorish uchun masʼul xodimlar tayinlandi.


 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 


 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 


 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар