Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Har bir xonadon, koʼcha va mahallani obod qilish — bosh maqsadimiz!

Har bir xonadon, koʼcha va mahallani obod qilish — bosh maqsadimiz!

19 октябрь 2023 йил
180
0

 Obod mahalla, shubhasiz, obod xonadon, koʼchadan boshlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mazkur masalaga koʼp bora toʼxtalayotgani boisi ham shunda. Mahalla tizimi faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, «Obod xonadon», «Obod koʼcha» va «Obod mahalla» tamoyilini ijtimoiy hayotga keng joriy etishning ustuvor vazifalariga qaratilgan videoselektor yigʼilishida mazkur mavzu batafsil muhokama etilgan edi. Kamchiliklar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar rejasi tahlil qilingan edi.

Аnashu ishlarning ijrosini amalga oshirish maqsadida, Respublika ishchi guruhi tomonidan Paxtakor tumanining "Olmazor" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi qishloqlarda "Obod xonadon", "Obod koʼcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish boʼyicha tumandagi tizim xodimlari bilan bigalikda erta tongdan berilgan reja grafik asosida maʼsullarga yangi tamoyilning asosiy jihatlari, bu borada quyi tuzilmalar oldida turgan dolzarb vazifalar, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari mukammal tushuntirildi.

Shuningdek bugungi shtab yigʼilishida soha vakillarining oʼz vazifalarini yanada uyushqoqlik bilan olib borishi uchun, avvalo, ishga boʼlgan munosabat va masʼuliyatni oshirish, hududlardagi ishlarni toʼgʼri tashkil etish, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, «Mahalla – adolat mezoni ekanligi, ularning ishi adolat mezonlariga tayanishi lozim»ligini har doimo yurakdan his qilish zarurligini taʼkidlandi.

 Bugun ham “Obod mahalla, obod koʼcha, obod xonadon” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар