Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » BOLA HUQUQLARI BILAN BOG’LIQ ISHLARNI SUDDA KO’RISH TARTIBI

BOLA HUQUQLARI BILAN BOG’LIQ ISHLARNI SUDDA KO’RISH TARTIBI

13 декабрь 2023 йил
203
0

 O’zbekiston Respublikasida bolalarning huquqlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo’ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Bolaning ota-onasi bo’lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan ko’rishish huquqiga ega.

Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo’lish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola o’z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ko’rishish huquqiga ega.

Har bir bola g’ayriqonuniy ko’chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.

Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala bo’yicha ota va ona yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar o’rtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.

Ota-ona yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar bolaning yo’qolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.

Ota-ona yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo’lmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega.

Bolani ota yoki ona yoxud ularning o’rnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, ya’ni ota-onaning, ular o’rnini bosuvchi shaxsning bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani o’z ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud O’zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bo’lgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi bo’yicha choralar ko’radi. Ota-onasi bedarak yo’qolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat bo’lmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini ko’radi.

Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilinadi.

O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qat’i nazar, bolalarni g’ayriqonuniy ko’chirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini ko’radi.

Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o’z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so’zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo’lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko’rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Har bir bola o’zining sog’lig’i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.

Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.

Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filьmlarni namoyish etish taqiqlanadi.

Bola fikrlash, so’z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.

Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo’lishi mumkin.

Bolaning shaxsiy foydalanishida bo’lgan, bola tomonidan hadya, meros tariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki boshqa qonuniy usulda olingan buyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir.

Har bir bola turar joyli bo’lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila a’zolari bo’lgan bolalar ular qayerda bo’lishlaridan qat’i nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega bo’ladi.

Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramog’ida bo’lgan yetim bolalar, ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar turar joyga bo’lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida bo’lgan turar joyni o’zga shaxsga o’tkazish uchun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.

Har bir bola o’zining yoshi, sog’lig’ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi.

Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.

Davlat o’n sakkiz yoshga to’lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilan qo’shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko’rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini kafolatlaydi.

Har bir bola o’zining yoshi, sog’lig’i hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo’sh vaqtga bo’lgan huquqqa ega.

Ota-ona yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini ta’minlaydi.

Bolalar sog’lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va bo’sh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan ta’sis etiladi va qo’llab-quvvatlanadi.

Har bir bola sog’lig’ini saqlash huquqiga ega.

Davlat sog’lom bola tug’ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog’lig’ini saqlash sharoitlarini yaratadi.

Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

Bolaning sog’lig’ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi:

malakali tibbiy xizmat ko’rsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

bolalar va o’smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sog’lig’i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va rag’batlantirish;

sog’lig’ining holati to’g’risida bola uchun qulay bo’lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

O’n to’rt yoshdan katta yoshdagi bola ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bola bilan uning hayotiga, sog’lig’i va normal rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar o’tkazish taqiqlanadi.

Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko’rsatadigan boshqa moddalarni iste’mol qilishdan himoya qilish bo’yicha zarur choralarni ko’radi.

Har bir bola bilim olish huquqiga ega.

Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha

Paxtakor tuman sudining raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар