Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING АYRIM QONUN HUJJАTLАRIGА QOʼShIMChА VА OʼZGАRTIShLАR KIRITISh TOʼGʼRISIDАGI OʼRQ-823 SONLI QONUNI HАQIDА

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING АYRIM QONUN HUJJАTLАRIGА QOʼShIMChА VА OʼZGАRTIShLАR KIRITISh TOʼGʼRISIDАGI OʼRQ-823 SONLI QONUNI HАQIDА

29 август 2023 йил
105
0

 Mazkur Qonun 2023 yil 15-mart kuni qabul qilinib, ushbu qonun bilan mamlakatimizda sud tizimini takomillashtirishga, tadbirkorlik subʼektlari va fuqarolarning, shu jumladan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga, shuningdek maktabgacha taʼlim tizimini isloh etishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan choralar koʼrilmoqda. Mazkur Qonun 2023 yil 15 mart kuni qabul qilinib, ushbu qonun bilan mamlakatimizda sud tizimini takomillashtirishga, tadbirkorlik subʼektlari va fuqarolarning, shu jumladan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga, shuningdek maktabgacha taʼlim tizimini isloh etishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan choralar koʼrilmoqda. Bundan buyon ham fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini taʼminlash, maʼmuriy organlarning qarorlari ustidan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksiga maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish muddatini 3 oydan 6 oygacha koʼpaytirishni nazarda tutuvchi oʼzgartish kiritildi.Shuningdek bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida zarur darajadagi vasiylik va homiyliksiz qoldirishning oldini olish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga tegishli oʼzgartishlar kiritilmoqda. Xususan, bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.Bundan tashqari, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini oshirish maqsadida ushbu Qonun bilan «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafardan 50 nafargacha koʼpaytirilishini nazarda tutuvchi oʼzgartish kiritildi. Аmaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida»gi hamda «Maʼmuriy qamoqni oʼtash tartibi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishli oʼzgartishlar kiritildi.Ushbu Qonun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga, shuningdek barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Fuqarolik ishlari boʼyichaPaxtakor tuman sudi raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар