Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning tuman ahliga murojaati

Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning tuman ahliga murojaati

14 декабрь 2023 йил
121
0

 Paxtakor tumanida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish maqsadida tumanimiz xududidagi “Jizzaxsuv taʼminoti” MChJ Paxtakor tumani filiali xududida shtab shakillantirilgan boʼlib bu shtabda kunlik 24 soat mobaynida uzluksiz ishlar olib borilmlqda. Shtabda Respublika, viloyat hamda tuman tashkilotlaridan biriktirlgan masullardan iborat ishchi gurux faoliyat olib bormoqda, shtabda 72-224-12-13 ishonch telefoni ishga tushirilib axoli tomonidan kelib tushgan murojaat va shikoyatlar qisqa muddatda bartaraf etilishi choralari koʼrilmoqda. Xozirgi vaqtgacha ishchi gurux tomonidan jami 593 ta obʼektlarda oʼrganish ishlari olib borilib shundan 380 ta obektlarda 557 muammolar aniqlanib shulardan 556 ta muammolar bartaraf etilib qolgan muammolarning xam bartaraf etsh choralarit koʼrilmoqda.

Jumladan tuman xududida 502 ta koʼp qvartirali uylar mavjud boʼlib kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 46 ta koʼp qvartirali uylarning tarnovlari, 165 ta uylarning framuga oynalari taʼmirlanib, 159 ta uylarning elektr tizimidagi muammolari bartaraf etilidi xamda 144 ta koʼp qvartirali uylarning kirish qismida temir eshiklari mavjud boʼlmagan uylarga 383 ta yangi temir eshiklari oʼrnatilib tuman xududida joylashgan kirish yoʼlaklari mavjud (podezd)li uylarning barchasiga temir eshiklari oʼrnatildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-57 sonli qarorining 7-ilovsi “2023 yilda ijtimoiy soha obʼektlarining lokal isitish tizimlarini koʼmir yoqilgʼisiga oʼtkazish” maqsadida tuman hududida joylashgan ijtimoiy soha obʼektlarining 149 ta isitish qozonlari koʼmir yoqilgʼisiga oʼtkazildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlarini isitish tizimini yaxshilash maqsadida 2014 tonna koʼmir zaxiralari yaratildi.

Tuman xududidagi tabiy gaz taminotidan uzilgan mahallalar axolisining koʼmirga boʼlgan extiyojini qondirish maqsadida 9 ta tabiy kaz taminotidan uzilgan maxallalarda 390 tonna koʼmir maxsuloti yetkazib berilib “Jizzax koʼmir ombori” bazasidan koʼmir olib kelish ishlari davom ettirilmoqda.

Tuman axolisiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning yillik rejasi 1 244,22 tonna boʼlib shundan 12 dekabr xolatiga 1 193,72 tonnasi axoliga tarqatilib 50,5 tonna dekbr oyi yakuniga qadar tarqatilishi rejalashtirilgan xamda axoliga suyultirilgan gaz baloonlari reja grafik asosida oʼz vaqtida tarqatilmoqda.

Paxtakor tumanimida 1-dona katta podstantsiya hamda, MFY lar xududida 5-dona kichik padstantsiyalar mavjud 595,2 km tarmoq linyalari hamda 332 ta transformator punktlari mavjud boʼlib kuz-qish mavsumiga toʼliq tayyor xolatga keltirish uchun toʼliq joriy va mukammal taʼmirdan oʼtkazilgan.

 Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi “2023 yilda Jizzax viloyatida ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, yul-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish” toʼgʼrisidagi PQ-146 sonli qaroriga asosan tuman xududida jami 6,22 km 0,4 kvli sip kabeli, 4,620 km 3,300 km АS-50 kabeli. 4 dona transformator xamda 200 dona temir beton tayanch ustunlari oʼrnatildi.

 Tumanda xududida 6 ta avtomabillarga gaz quyish shaxobchalari va 9 ta avtomobillarga benzin quyish shaxobchalari mavjud boʼlib, xozirgi vaqtda faoliyatdagi 2 ta gaz quyish shaxobchalariga elektr energiyasi va tabiy gaz taminotini tejash xamda axoliga yetkazib berish maqsadida belgilangan reja-grafigshiga asosan ertalabki soat 6:00 dan abetgi 12:00ga qadar faoliyat koʼrsatmoqda, 9 ta avtomobillarga benzin quyish shaxobchalaridan xozirgi vaqtda faoliyatda boʼlib avtomobillarga yoqilgʼi quyishda tirbantliklarning oldini olish maqsadida yetarlicha miqdorda benzin zaxirasi yaratilgan avtomobillarga 24 soatlik grafikga asosan xizmat koʼrsatib kelmoqda.

 

“Jizzaxsuv taʼminoti” MChJ Paxtakor tumani filiali Ichimlik suv va oqova suv taʼminoti boʼyicha 3.05 km ichimlik suv tarmogʼi tortish ishlari bajarildi.

Shundan MFYlar kesimida “Mingchinor” MFY Hamza koʼchasiga yangi tarmoq 450 metr D-50 mm.li ichimlik suv tarmogʼi tortilib, koʼchaning 10 ta aholi xonadonlari ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

“Gʼalaba” MFY I.Karimov koʼchasidagi D-40 mm.li polietilen ichimlik suv tarmogʼining 400 metr qismi rekonstruktsiya qilinib 20 dan ortiq xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

“Gʼalaba” MFY Boʼston koʼchasidagi D-50 mm.li polietilen ichimlik suv tarmogʼining 400 metr qismi rekonstruktsiya qilinib 25 dan ortiq xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

“Paxtakor” MFY А.Qadiriy koʼchasidagi D-63 mm.li polietilen ichimlik suv tarmogʼining 450 metr qismi rekonstruktsiya qilinib 22 ta xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

“Nurli Pangat” MFY yangi uchastkalarga D-50 mm.li yangi 500 metr polietilen ichimlik suv tarmogʼi tortilib, 3 ta xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

 “Oq buloq” MFY Paxtachi qishlogʼidagi yangi uchastkalarga D-50 mm.li yangi 700 metr polietilen ichimlik suv tarmogʼi tortilib, 10 ta xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

“Olmazor” MFY Somon yoʼli koʼchasiga D-32 mm.li yangi 150 metr polietilen ichimlik suv tarmogʼi tortilib, 2 ta xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi, shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2 dona maxsus texnikalar 12 kishilik ishchi gurux yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariya xolatlarini bartaraf etish uchun kerakli asbob uskunalar bilan shay xolatga keltirilgin.

Tuman yoʼllardan foydalanish korxonasi tomonidan Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2 yotoqxona 5 ta maxsus texnika, shuningdek 50 kishilik ishchi guruxi shakillantirilgan boʼlib 24 soatlik shtab ish olib bormoqda. Shtabda 170 tonna qum hamda 70 tonna tuz zaxirasi shakillantirilgan boʼlib 72-353-21-35 raqmi ishlamoqda.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар