Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Respublika ishchi guruhi Paxtakor tumanida kuz-qish mavsumini o’rgandi

Respublika ishchi guruhi Paxtakor tumanida kuz-qish mavsumini o’rgandi

02 ноябрь 2023 йил
150
0

 Xabar qilinganidek, Respublika ishchi guruhining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish ishlari jadal olib borilmoqda va bu jarayonda aholining dolzarb muammolarini aniqlash, ijtimoiy soha ob’yektlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning yechimini topish hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

Mazkur tadbirlarda kommunal va ijtimoiy sohalarda tegishli qonun hujjatlari ijrosining so‘zsiz ta’minlanishi, shuningdek, Respublika Ishchi guruhining o‘rganishlari natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar tezkorlik bilan bajarilishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Вилоят фвб бошлиғи полковник Ибрагимов Равшан Назирович,  Ўз. Рес ФВВ ходими полковник Холиков Шухрат,  Ўз рес ишчи гурух Хакимов Бахрулло Ғайбуллаевич

Jumladan, Respublikadan biriktirilgan ishchi guruh rahbari Hakimov Baxrullo G’aybullayevich, O‘zbekiston Respublikasi FVV vodimi polkovnik Shuxrat Xoliqov, Jizzax viloyat FVB boshlig’i polkovnik Ravshan Ibragimovlar Paxtakor tumani bo‘lib, tuman hokimi A.Ashurov va mutasaddi tashkilotlar hamrohligida Olmazor mahallasida joylashgan ko’p qavatli uylar, oilaviy poliklinika, maktab va boqchalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini ko‘zdan kechirishdi. Aniqlangan muammolar zudlik bilan bartaraf qilishga kirishildi. Tuman obodonlashtirish bo‘limi hamda boshqa kommunal soha vakillari tomonidan hududni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va ijtimoiy soha ob’yektlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар