Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida viloyat hokimi oʼrinbosari Oybek Аshurmatov yig'ilish o'tkazdi

Paxtakor tumanida viloyat hokimi oʼrinbosari Oybek Аshurmatov yig'ilish o'tkazdi

12 январь 2024 йил
196
0

 Paxtakor tumani Moliya bo'limi faollar zalida viloyat hokimi oʼrinbosari Oybek Аshurmatov barcha tumanlar hamda tuman fermerlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yigʼilish bo'lib o'tdi. 
Unda viloyat prokuraturasi xodimlari, qishloq xoʼjaligi sohasi mutasaddilari hamda tuman fermerlari ishtirok etishdi.
 Yigʼilish joriy yilning 5 yanvarida qabul qilingan “Quyi boʼgʼinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5-sonli Prezident qarorining mazmun-mohiyatiga bagʼishlandi.
 Tadbirda Oybek Аshurmatov soʼzga chiqib qarorning mazmun-mohiyati, xususan fermer xoʼjaliklari yaratilayotgan imkoniyat xususida gapirdi. Taʼkidlanganidek qarorga koʼra:
suv xoʼjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʼlovlar bekor qilinadi;
Suv xoʼjaligi vazirligining tuman irrigatsiya boʼlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yoʼnaltiriladi.
      2024 yildan:
➖suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini joriy etish boʼyicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
➖suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini joriy etish boʼyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning oʼzida toʼliq miqdorda ajratiladi.
 Yigʼilishda qishloq xoʼjaligi boʼyicha boshqa masalalar ham muhokama etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар