Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Paxtakorda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

13 январь 2024 йил
113
0

 Milliy bayramlarimiz taqvimida alohida oʻrin tutuvchi 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi tantanalari Paxtakor tumanida ham uyushqoqlik bilan nishonlandi.

Tadbir doirasida “Mo’jiza” istirohat bog’i maydonida harbiy parad, texnikalar, qurol-aslaha va anjomlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Harbiy paradda Vatan himoyachilari va ularning ixtiyorida boʻlgan harbiy-texnika vositalari keng ommaga namoyish qilindi. Shuningdek, harbiylar ishtirokida harbiy chiqishlar namoyish e’tildi.

Tadbirda qatnashgan paxtakorliklar bevosita harbiylarimiz tomonidan boshqarilayotgan bugungi texnika vositalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tuman Moliya bo’limi faollar zalida esa sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unga Qurolli Kuchlar safida xizmat qilib, Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan fidoyi xodimlar, harbiylar, ularning oilalari hamda faxriylar taklif etildi.

Tadbirda tuman hokimi Asilbek Ashurov Rahmonovich barcha vatan himoyachilarini bayram munosabati bilan tabrik yo’lladi. Shundan soʻng bir guruh harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga faxriy yorliq. esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

Tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga yanada xush kayfiyat ulashdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар