Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 14-yanvar vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

14-yanvar vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

12 январь 2023 йил
207
0

 "Milliy armiyamiz-yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida bayram tantanali nishonlandi.

 

14-Yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabat bilan tuman hokimligining majlislar zalida 14-yanvar “Milliy armiyamiz-yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyishi hamda tuman hokimi Asilbek Ashurov, tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i podpolkovnik Begzod Norqulov, N sonli harbiy qism komandiri podpolkovnik Anvar Tursoatov va komandir podpolkovnik Sherali Qodirovning tabrik so‘zlari bilan davom etdi. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Asilbek Ashurov, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan zobitlar va askarlarni, tuman mudofaa bo'limi xodimlarini, shuningdek, harbiy xizmatga borish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan vatanparvar yoshlarni hamda tumanimizning barcha aholisini O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, tuman hokimligi va barcha faollar nomidan eng yaxshi tilak va istaklarimizni yo'llab, ona Vatanimiz tinchligi, xavfsizligi va farovonligi yo'lidagi ishlaringizga omadlar tiladi. Bayram tadbirida fidokorona xizmatlari uchun N-sonli harbiy qismning bir guruh xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa tizimidagi samarali mehnati, yurt tinchligi, xalq faravonligi hamda vatan ravnaqi yo’lidagi xizmatlari uchun tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida tuman mudofaa ishlari bo’limida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlar sana munosabati bilan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir nafaqat yaxshi fikrlar, tilaklardan balki, quvnoq va sho‘x kuy-qo‘shiqlarga boy o‘tdi. Tuman Madaniyat bo’limi qoshidagi “Boychechak” bolalar ansanbili va estarada xonandalari tomonidan tayyorlangan harbiycha sadolar ostida yangragan qo‘shiqlarga hamohang tarzda davom etgan taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Vatan tinchligini, shu bebaho ne’matni ko‘z qorachig‘iday himoya qilayotgan milliy Armiyamiz, yurtimizning mard va jasur harbiy o‘g‘lonlarini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bayram shodligiga shodlik qo‘shdi. Haqiqatan ham bu har qancha uluglansa arziydigan bayram. Boisi, mustahkam va jangovar milliy armiyamiz bor ekanxalqimizning kongli  doimo xotirjam.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар