Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzaxda viloyat Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Jizzaxda viloyat Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi

16 январь 2024 йил
44
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish va mahalla “yettiligi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha imzolagan qaroriga binoan Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev raisligida viloyatda mahallalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengashning birinchi tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvdan oldin yigʻilish ishtirokchilari Davlat arbobi Sharof Rashidovning haykali poyiga gul qoʻyishib, hurmat bajo keltirishdi.

Sohada alohida maxsus organ boʻlmaganligi mahallalarni rivojlantirishga boʻlgan eʼtiborni susaytirayotgan, mahallalar faoliyati ustidan nazorat va monitoring davlat organi zimmasiga yuklatilganligi ularning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maqomiga zid boʻlib qolgan edi.

Ushbu masalaning yechimi sifatida nodavlat notijorat tashkilot sifatida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning viloyat va tumanlardagi boʻlinmalari tashkil etildi.

Uyushmaning asosiy vazifalari – mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi “koʻprik” vazifasini amalga oshiruvchi xalqchil tuzilmaga aylanishini taʼminlash, har bir fuqaro oʻzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirish ishlarini amalga oshirish, fuqarolarning oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlash, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilish, aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini koʻrishdan iboratdir.

Bundan tashqari, “Mahalla balansi” yagona platformasi yaratiladi. Bundan buyon, davlat organlari faqat yagona platformada yuritiladigan hisobotlarni soʻraydi, boshqa hisobotlarni soʻrash taqiqlanadi.

Yana muhim yangilik – Investitsiya dasturlarini shakllantirishda mahalla “yettiligi” tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Viloyat hokimining taʼkidlashicha, sektorlar rahbarlari va mahalla raislari “yettilik” bilan birgalikda qabul qilingan mazkur Farmon va Qarorlarni shaxsan sinchiklab oʻqib, ularning mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqishlari zarur.

“Biz ham bundan buyon muntazam ravishda Uyushmaning viloyat boʻlimi, mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish, tizimda kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratamiz”, – deydi Ergash Saliyev.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар