Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzaxda prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlandi

Jizzaxda prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlandi

11 январь 2024 йил
51
0

Jizzax shahridagi Jizzax musiqali drama teatrida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.

Taʼkidlash joizki, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yoʻnalishlarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda.

Bugun prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarishga vijdonan, sadoqat va yuksak masʼuliyat bilan yondashmoqda.

Tadbir soʻngida viloyat hokimi Ergash Saliyev bir guruh soha xodimlarini tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.

Bayram yakunida sanʼatkorlar tomonidan chiqishlar kelganlarni xushnud etdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар