Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani Mudofa bo’limi tomonidan yoshlarni harbiy xizmatga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING o’tkazildi

Paxtakor tumani Mudofa bo’limi tomonidan yoshlarni harbiy xizmatga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING o’tkazildi

19 январь 2024 йил
67
0

 Paxtakor tumani Mudofaa ishlari bo‘limida hozirda 2024-yil chaqiruv mavsumiga tayyorgarlik rejasiga muvofiq olib borilmoqda.

 

Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2019 yil 9 apreldagi “CHaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 291-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida hamda Mudofaa Vazirining 2019 yil 15 apreldagi 347-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 5,6 va 25 moddalariga asosan ishlar olib borilmokda,

Bo‘limda umumiy chaqiruv resursi 3571 nafarni tashkil etadi, shulardan 2024 -yil chaqiruvga jalb etilganlar 1247 nafar chaqiriluvchi saralab olindi. 2024 yil Muddatli harbiy xizmatga (dastlabki reja 134 nafar deb belgilangan).

Bo‘limda 142 nafar chaqiriluvchi 2024- yil chaqiruvga belgilangan rejadan ortig‘i bilan saralab olindi.

CHaqiruv uchastkasida 481 nafar ta’lim muassasasidagi o‘quvchi yoshlar-o‘smirlar “Umumiy harbiy majburiyati va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi qonunning 18-moddasiga asosan qayd etildi.

2024-yil chaqiruv mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi direktivasi bilan tasdiqlangan 2024-yil chaqiruv mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish amaliy tadbirlar (harakatlar) rejasiga asosan olib borilmoqda, jumladan:

2024 yil chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarini Viloyat xokimining 2023 yil 15 iyuldagi 346-3-0-Q/23-sonli qarorlari va Paxtakor tumani hokimining 2023 yil 4 avgustda 174-3-52-Q/23-sonli qarori talablariga muvofiq tashkil etildi;

jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun normativlar topshirish va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish tuzilgan reja-jadval bo‘yicha amalga oshirildi;

tanlov kengashining muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki harbiy-tenika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish uchun tavsiya etilgan 181 nafar chaqiriluvchilar harbiy qism va markaz vakillariga taqdim etildi;

SHuningdek, hozirda muddatli harbiy xizmatga nomzodlar bilan tumandagi hamda faxriylar kengashi vakillari, tashkilot va korxonalar vakillari hamda muddatli xarbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, shuningdek keng jamoatchilikni jalb etgan holda uchrashuvlar, davra suxbatlar, ochiq eshiklar kuni, uch avlod uchrashuvlari targ‘ibot-tashviqot ishlari keng qamrovli okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan reja dasturi asosida ish olib borilmoqda.

 

2023 yil chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga yuborilgan chakiriluvchilar 87 nafarni tashkil etgan.

2023-2024 uquv yilida Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshkarmasi huziridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassislaklari bo‘yicha tayorlash markazida o‘qigan yoshlar 1-oqimida 5 nafar chaqiriluvchilar 2-oqimida 4 nafar chaqiriluvchilar 3-oqimida 5 nafar chaqiriluvchilarni  harbiy-texnika mutaxassislaklari bo‘yicha tayorlab chiqardi.

 

Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati

 

2023- yilda rejaga asosan Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga 245 nafar fuqaroni jalb etish belgilangan, “Umumiy harbiy majburiyati va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi qonunning 6-moddasiga asosan safarbarlik chaqiruv rezerviga olingan bo‘lim shaxsiy tarkibi 2023- yil 01 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisob raqamiga pul mablag‘larini 100% undirildi, belgilangan rejani O‘zbekiston Respublikasi miqyosida birinchi bo‘lib bajarildi.

2024- yil chaqiruv mavsumiga Paxtakor  tumani mudofaa ishlari bo‘limi uchun Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga dastlabki reja 276 nafar deb belgilangan, hozirgi kunda 276 nafar chariluvchi saralab olindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар