Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida yana bir davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Paxtakor tumanida yana bir davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

17 февраль 2024 йил
163
0

 Tumanda mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirilayotgan 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi А.R.Аshurovning TАBRIK SOʼZI

Аssalomu alaykum aziz mehmonlar!

Hurmatli ustoz va tarbiyachilar, qadrli ota-onalar!

 

Yurtimizda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda boʼlgani kabi maktabgacha taʼlim tizimiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalarining soni sifatining yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin misolidir.

Tumanimizda 100 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʼlib shundan, 14 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 3 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 83 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyat yuritib kelmoqda.

Tumanda 3-7 yoshli bolalar 6610 nafarni tashkil etib, ulardan 5590 nafari yaʼni 84,6 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.

Bugun, “Dilorom” mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Siz azizlarni, 150 oʼringa ega boʼlgan 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi bilan chin dildan qutlayman.

 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Shunday ajoyib maskanda qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirib bolajonlarga topshirishda fidoyilik koʼrsatgan Baxriddinov Shuxrat Аkramovich raxbarligidagi "Qurilish taminoti" maʼsulyati cheklangan jamiyatining mohir ustalari, qoʼli gul quruvchilari qisqa fursatda sifatli va zamonaviy davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirdilar.

Shunday chiroyli, zamonaviy uslubdagi bino qurilishida 5 mlrd 250 mln soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Koʼrkamlikda tengi yoʼq bu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bir-biridan chiroyli keng va koʼrkam zamonaviy mebellar bilan jihozlangan xonalar, yozgi va qishki oʼyin maydonchalari, zamonaviy jihozlarga ega fayzli oshxona shirintoylarning doimiy xizmatida boʼladi.

Shunday zamonaviy va chiroyli muassasani qurilishida ishtirok etgan barcha quruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Bugun foydalanishga topshirilayotgan, 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ertamiz egalari boʼlmish bolajonlar va ularning kelajagiga boʼlgan cheksiz mehr-muhabbatning amaldagi yorqin ifodasidir.

Ushbu muassasada raxbarlik qilayotgan Tojieva Zebo Bosarovna va barcha tarbiyachilar oʼzlariga yuklatilgan vazifani sidqi dildan ado etib, qutlugʼ maskanda tarbiya olayotgan bolajonlarni el-yurt koriga yaraydigan, xalqparvar, ona Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda oʼzlarining bor bilim va tajribalarini sarflaydilar deb ishonch bildiramiz.

 

Аziz doʼstlar!

Sizlarni shunday quvonchli ayyom, 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga topshirilishi va ochilish marosimi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Sizlarga sihat-salomatlik, ishlaringizga yangi-yangi zafarlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Eʼtiborlaringiz uchun raxmat!

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар