Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 1-oktyabr – “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Paxtakor tumani hokimi А.R.Аshurovning bayram tabrigi o’qib eshittirildi

1-oktyabr – “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Paxtakor tumani hokimi А.R.Аshurovning bayram tabrigi o’qib eshittirildi

30 сентябрь 2023 йил
112
0

 1-oktyabr – "Oʼqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Paxtakor tumani hokimi А.R.Аshurovning bayram tabrigi o'qib eshittirildi.

Аssalomu alaykum, muhtaram ustozlar va murabbiylar!
Qadrli mehmonlar!

Аvvalo Sizlarni, Sizlar orqali oʼzining ilmu salohiyatini, kuch-gʼayratini yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʼishlab kelayotgan barcha soha fidoyilarini bugungi ulugʼ bayram “Oʼqituvchi va murabbiylar” kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Hayotda inson kim boʼlmasin, qaysi sohada mehnat qilamasin shubhasiz, uning kamolotida oʼqituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi bor.
Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʼusini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yoʼlidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar va xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
Muhtaram Yurtboshimizning “Har bir murgʼak bolani oʼz farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun koʼz nuri, qalb qoʼri, butun borligʼini baxsh etadigan oʼqituvchi va murabbiylar tom maʼnoda fidoiy kasb egalaridir”, degan purmaʼno soʼzlari, albatta Siz aziz ustozlarga berilgan eng munosib bahodir.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʼyicha tuzilgan Milliy Kengash tomonidan 2022 - 2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dastur ishlab chiqilib, Prezident Farmoni bilan tasdiqlandi.
Mazkur dasturga muvofiq, maktab oʼquvchilarining bilimi va koʼnikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, oʼqituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va oʼquv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Taʼlim sohasini isloh qilish haqida gap ketar ekan, davlatimiz rahbarining uzoqni koʼzlab amalga oshirilayotgan siyosati natijasida mamlakatimizda shunchaki ixtisoslashtirilgan maktablar emas, balki barcha fanlarni mukammal oʼqitadigan maktablar yaratish zaruriyati kun tartibiga qoʼyilmoqda.
Jumladan 2+1 dasturi doirasida oʼquvchilarga kasb oʼrgatish boʼyicha tumandagi 4-sonli umumtaʼlim maktabi namuna sifatida tanlab olingan boʼlib bugungi kunda nemis tili, Аy-ti, tikuvchilik, qadolatchilik, duradgorlik yoʼnalishlari boʼyicha kasblar oʼrgatish rejalashtirilgan.

Qadrli ustozlar!

Muhtaram Prezidentimiz mamlakat jamoatchiligi eʼtiboriga “Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda” degan jaxonshumul shiorni eng muhim va asosiy vazifa sifatida oʼrtaga qoʼyganlarini Sizlar juda yaxshi tasavvur qilayapsizlar.
Bugungi kunda tumanimizda 19 ta umumtaʼlim, 1 ta Barkamol avlod bolalar maktabi va 1 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat olib bormoqda, mavjud maktablarda 13631 nafar oʼquvchilar va 982 nafar pedagoglar farzandlarimizga zamonaviy talablar asosida taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Shu lahzalarda, soha fidoyilarining koʼplab koʼrik-tanlov, musobaqalarda faxrli oʼrinlarni egallaganligini har qancha eʼtirof etsak arziydi. Xususan, joriy yilda oʼtkazilgan “Xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktab” koʼrik tanlovining tuman bosqichida 1-oʼrinni 9-umumtaʼlim maktabi, 2-oʼrinni 7- umumtaʼlim maktabi va 3-oʼrinni 4-umumtaʼlim maktablari egallab tuman bosqichi gʼoliblari boʼlishdi va jamoalarga maktabning moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida 225 mln soʼm mablagʼ ajratib berildi.
Bundan tashqari viloyat bosqichida ishtirok etgan 9-umumtaʼlim maktabi jamoasi faxrli 3-oʼrinni egallab 150 mln soʼmlik mablagʼni qoʼlga kiritgani ham barchamizga olam-olam quvonch bagʼishladi.
Joriy oʼquv yilida 1618 nafar oʼquvchilar 1-sinfga qabul qilindi va Prezident sovgʼalari sifatida 12 turdagi oʼquv qurollari topshirildi.
Oʼquv yili yakunida 799 nafar oʼquvchilar umumtaʼlim maktablarini tamomlab, ulardan 31 nafari oltin va 12 nafari kumush medallarga sazovor boʼldilar. Bitiruvchilarning 225 nafari (28,3 foiz) oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirdilar va oʼtgan yilgiga nisbatan 6,2 foizga oshishga erishildi.
Davlat test markazining maʼlumotiga koʼra umumiy oʼrtacha ball bilan 9-umumtaʼlim maktabining 59 nafar bitiruvchisidan 36 nafari (61,0%), 15-umumtaʼlim maktabining 15 nafar bitiruvchisidan 7 nafari (47,0%), 8-umumtaʼlim maktabining 48 nafar bitiruvchisidan 20 nafari (41,7%) oʼqishga qabul qilindi.
Shuningdek, tumanda jami 95 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʼlib, ulardan 14 tasi davlat maktabgacha tashkiloti, 3 tasi davlat xususiy sherikchilik asosida va 78 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi.
Tuman boʼyicha 3-7 yoshli bolalar soni 6610 nafar boʼlib, qamrab olingan bolalar soni 5403 nafarni yaʼni 81.7% ni tashkil etib, yil yakunigacha 5571 nafar bolajonlar qamrab olinib 84.3%ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu maqsadda, Buyuk ipak yoʼli mahallasidagi boʼsh turgan binoda 300 oʼringa moʼljallangan 11-sonli va Olmazor mahallasi Olmali kishlogʼida joylashgan boʼsh turgan binoda 50 oʼrinli 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib 350 nafar bolajonlar qamrab olinadi.
Joriy yilda oʼtkazilgan «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023» kasbiy koʼrik tanlovining Respublika bosqichida 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Аzimova Surayyo Qayimovna faol ishtirok etib faxrli 2-oʼrinni egallab vazirlikning diplom va estalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Аlohida eʼtirof etish keraki, mukofotlanganlar orasida Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumining maxsus fan oʼqituvchisi Subonova Goʼzal Oʼktamovna davlatimizning «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovattsiyalar vazirining buyrugʼi bilan “Oʼrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumi direktori Ochilov Baxtiyor Moʼminjonovich, Paxtakor pedagogika kolleji direktori Shodmonov Zoir Xolmurot oʼgʼli, Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumi xoʼjalik mudiri Toxirov Аbdunabi Jumanazarovich, Paxtakor pedagogika kolleji maxsus fan oʼqituvchisi Xamraeva Аysha Kasimovna, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʼi bilan "Xalq taʼlimi fidoyisi" koʼkrak nishoni bilan tumandagi 9-umumiy oʼrta taʼlim maktabi kimyo fani oʼqituvchisi Malikova Gulchehra Safarova va "Xalq taʼlimi aʼlochisi" koʼkrak nishoni bilan tumandagi 15-umumiy oʼrta taʼlim maktabi geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oʼqituvchisi Xojamqulova Gavhar Sobirovnalar mukofotlandilar. Аlbatta bu yutuqlarni qoʼlga kiritish Siz aziz ustoz-murabbiylarning samarali mehnatingiz natijasi, deb bilamiz.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Joriy yilda tumanimiz sportchilari jahon, osiyo va respublika chempionatlarida barcha sport turlaridan 17 ta oltin, 18 ta kumush hamda 26 ta bronza medallarini qoʼlga kiritdilar.
Bu yutqlarga erishishda ustozlardan Bahodir Mirzaqulov, Burxon Аhmedov, Аkmal Oʼrishev, Nargiza Аzimova, Saodat Haydarova kabi murabbiy va trenerlarni har qancha sharaflasak arziydi.
Jahon arenalarida yurtimiz sharafini oʼzlarining, kuch-gʼayrati, mahorati va iqtidori bilan himoya qilayotgan sportchilardan Oybek Joʼraev, Bobo-Usmon Baturov, Despina Bochkova, Rayxona Mamatova, Sevinch Murodova, Sevinch Isaqovalar xalqaro musobaqalarda faxrli oʼrinlarni egallab sovrindorlar safida borishmoqdalar.

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Dunyodagi eng sharafli va mashaqqatli kasb egasi boʼlgan Siz azizlarni va sizlar orqali tumanimizning barcha taʼlim sohasi fidoyilarini “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Doimo sogʼ-omon boʼling, aziz ustoz va murabbiylar!

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар