Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiyalarni bir turdan boshqa turga o‘tkazish tartibi qanday

Pensiyalarni bir turdan boshqa turga o‘tkazish tartibi qanday

28 февраль 2024 йил
90
0

 Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomaniberishi yoki yuborishi shart.
Komissiya tomonidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensionerning arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya turi o‘zgartirilgan muddat pensiya miqdori, ish staji davomiyligi, aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori, pensiya to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi to‘g‘risidagi «SMS» xabarnoma yuboradi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар