Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Tashabbusli budjet” jarayonlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“Tashabbusli budjet” jarayonlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

02 март 2024 йил
119
0

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan Respublikamiz bo‘ylab “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2024-yil 1-mavsumiga joriy yilning 1-fevral sanasidan boshlab start berildi.

Bunda loyihalar kiritish 20 kun — 1−20-fevral sanalarida amalga oshiriladi. Loyihalarni saralash esa 21-fevraldan 11-martgacha davom etadi. Ovoz berish esa 12−31-mart davomida o‘tkaziladi.

Oliy Majlis Senati Kengashining qarorini tumanimizda targ‘ib qilish maqsadida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi faollar zalida 1-mart kuni targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Xaq deputatlari tuman Kengashi deptatlari, tashkilot rahbarlari, maktabgacha va maktab ta‘limi tashkiloti rahbarlari hamda faol fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga joriy yil tumanda yashovchi aholilardan 72 ta taklif kelib tushganligi, ushbu takliflar tuman ishchi komissiyasi tomonidan chuqur o‘rganilayotganligi, so‘ngra ovoz berish jarayonlariga o‘tkazilishi haqida tushuntirilib o‘tildi.

2024-yil 1-mavsumdan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlarida:

  • ovoz berish bosqichi bir fuqaro – bir ovoz tamoyili asosida amalga oshirilishi,
  • ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Mening yo‘lim” loyihasini har yili “Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumiga birlashtirilgan holda o‘tkazilishi,
  • loyihalarni saralab olishda shaffoflik va haqqoniylikni ta’minlash maqsadida ishchi komissiya yangilangan tarkib asosida shakllantirilganligi,
  • xarid qilish bilan bog‘liq loyihalar tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan elektron reyestr asosida shakllantirilishi
  • g‘olib loyihalarni amalga oshirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan pudratchilarni “Shaffof qurilish” tizimining insofsiz ijrochilar reyestriga kiritilishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Paxtakor tumani Iqtisodiyot va moliya bo’limi Mahallalar bilan ishlash va ochiq budjet masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi I.Karimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар