Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 2023 yil yanvar-dekabr oylari davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

2023 yil yanvar-dekabr oylari davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

31 январь 2024 йил
144
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2024 yil 15 yanvardagi 01-20-228/08-03-32/01-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

  1. 2023-yil davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig`i A.Meliboyevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2023-yil davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1-2-ilovaga asosan;

2023-yil davomida Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan maʼlumotlar 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.

  1. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig`i (A.Meliboev), tuman hokimligi axborot xizmati (R.Qurbonov) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
  2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Qodirov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.

     

     

     

     

     

     

     
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар