Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich platformaga ulanadi

Tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich platformaga ulanadi

19 март 2024 йил
55
0

 Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari uchun seminar tashkil qildi.

Unda vazirlik Markaziy apparati, respublika darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi kadr bo‘linmasi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda tibbiyot muassasalarini hrm.argos.uz platformasiga ulash masalasi muhokama qilindi va yakuniy xulosaga kelingan. 

Unga ko‘ra endilikda vazirlik, uning tizimidagi 1500 dan ortiq tashkilot va tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi 600 ming nafardan ortiq xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar raqamlashtirilgan holda mazkur platformada yuritiladi, deyiladi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lumotida. 

M.MADAMINOVA, O‘zA

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар