Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Doʼstlik tuman sudi raisi tibbiyot xodimlar bilan ochiq muloqat otkazdi

Doʼstlik tuman sudi raisi tibbiyot xodimlar bilan ochiq muloqat otkazdi

07 апрель 2023 йил
180
0

 Jinoyat ishlari boʼyicha Doʼstlik tuman sudi raisi tomonidan Doʼstlik tuman tibbiyot birlashmasi faollar zalida xodimlar bilan ochiq muloqat boʼlib oʼtdi. Shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi yangi modda bilan toʼldirilayotganligi toʼgʼrisida tushinchalar berib oʼtildi.

 

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda sogʼliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, uni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishiga aylandi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini, shoshilinch tibbiy yordamni va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar tarmogʼini oʼz ichiga oluvchi uch bosqichli milliy tibbiyot modeli yaratildi, aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini, sifatini va qulayligini oshirish taʼminlanmoqda.

Shu bilan birga, oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari koʼpayib bormoqda. Bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sogʼligʼi yomonlashishida yoki oʼlimida asossiz ravishda ayblash, shuningdek hech bir sababsiz shifokorlarga va oʼrta tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari yuz bermoqda.

Biroq Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi amaldagi kodeksida xizmat vazifalarini bajarayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan qonunga xilof ravishda turli shakllarda taʼsir oʼtkazganlik, shuningdek tibbiyot xodimlarining tibbiy yordam koʼrsatish bilan bogʼliq qonuniy tibbiy faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun toʼgʼridan-toʼgʼri maʼmuriy javobgarlik belgilanmagan.

 Ushbu Qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga oʼz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʼrsatilishiga xizmat qiladi.

 

 Jinoyat ishlari boʼyicha Doʼstlik tuman sudi raisi А.Umurzakov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар