Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani "Innovatorlar klubi"ning birinchi Maktablararo “Innovatsion” ko'rgazmasi tashkil etildi.

Paxtakor tumani "Innovatorlar klubi"ning birinchi Maktablararo “Innovatsion” ko'rgazmasi tashkil etildi.

19 март 2024 йил
73
0

 Ko'rgazma, tumandagi 2-sonli umumta'lim maktabida o'tkazildi.

Ilk marotaba bo'lib o'tgan ushbu ko'rgazmada barcha maktablar faol ishtirok etdi. O'quvchilar tomonidan tayyorlangan bir-biridan qiziq ishlanmalar ko'rib chiqilib, "Yoshlar akademiyasi" Jizzax viloyati kordinatori Tolliboyev Ilyosbek tomonidan "Yoshlar akademiyasi" a'zolik guvohnomsi va a'zolik ko'krak nishoni bilan taqdirlandi va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir davomida M.Ulug'bek vorislari Respublika tanlovining, tuman bosqichi g'olibi, O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax viloyat filiali Biotehnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Raxmatullayev Islombek so'zga chiqib yoshlarga motivatsion suxbat olib bordi.

Tadbirda eʼtiborga molik ishlanmalar juda ko‘p bo‘ldi, ayniqsa 13-sonli maktabning SMART telefonlardagi o‘yinlarni masofaviy boshqarish orqali qo`l va tayanch harakatlarida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun foydali ishlanma. Bundan tashqari oddiy qo`lbola usulda tayyorlangan seyf, u ham noanʼanaviy usulda tayyorlangan. Eng qizigi bu ikkala ishlanmani ham shu maktabning o`quvchi qizlari tayyorlagani e’tiborlidir.

Shuningdek 2-sonli maktab o’quvchisining, pol sirtqi qismini suv sepib maxsus ishlanmalar bilan avtomatik artib olish uskunachasi, 8-umumtaʼlim maktab o`quvchisining qishloq xo‘jaligida foydalanishga moslashtirilgan yarim tayyor ishlanmasi shular jumlasidandir. Har bir yaratilgan ishlanmalar o‘ziga xos faqatgina yana-da mukammalroq yaratilsa nur ustiga a`lo nur bo’ladi albatta. Endilikda ishlanmalari bilan ishtirok etgan o`quvchilar o`z loyihalarini Yoshlar akademiyasining maxsus platformasiga yuklab, shu loyihani yana-da mukammallashtirish ustida bosh qotiradilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар