Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tuman madaniyat markazining 2022 yildagi bajarilgan ishlari hisoboti

Tuman madaniyat markazining 2022 yildagi bajarilgan ishlari hisoboti

02 ноябрь 2022 йил
164
0

 O‘zbekistan Respublikasi Madaniyat vazirligi xay’atining 2022 yil 2 fevraldagi № 3-son qaroriga asosan xavaskorlik san’atini rivojlantirish va milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun Jizzax viloyat Paxtakor tuman madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Jamalak” bolalar folklor etnografik jamoasiga “Bolalar namunali jamoasi” unvoni berildi.

“San’atim senga obod yurtim!” ijodiy ko‘rik-tanlovining Paxtakor tuman va viloyat bosqichlari “Yoshlar ovozi” Respublika ko‘rik-tanlovining Paxtakor tuman va viloyat bosqichlari tashkil etildi va o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26-maydagi Madaniyat va san’atni jamiyat xayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 6000-sonli Farmoniga asosan 15-aprel O‘zbekiston Respublikasi “Madaniyat va san’at  xodimlari kuni” deb belgilangan. SHu munosabat bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosib kutib olindi va faxriy madaniyat xodimlari hamda fidoiy xodimlar viloyat hokimligi va madaniyat boshqarmasi tomonidan ko‘krak nishoni, qimmatbaho sovg‘alar, tashakkurnomalar bilan mukofotlandi. Jumladan Paxtakor tumani madaniyat markazi qoshidagi "Gulzor" ashula va raqs xalq ansamli badiiy rahbari G‘ofur Narzullaevga ham "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni hamda tashakkurnoma  nasib etdi.  Bundan tashqari madaniyat markazi ma’naviy ishlar bo‘yicha bosh mutaxasisi Norbek Bozorov, madaniyat bo‘limi  mudiri Davron Mamadiev, markaz badiiy rahbari Mexriniso Xolmurodova, 14 son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori M.O.Vanoyan, maktab o‘qituvchisi Alijon Burxonovlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Jizzax viloyat Paxtakor tumani madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan "Jamalak" namunali bolalar folklor jamoasi “Bolalar ijodiy jamoalari Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi”da o‘z dasturlari bilan qatnashdilar.Tanlov nizomiga ko‘ra 1-Moziy “Yaylov” kompozitsiyasi, 2-Zamonaviy “Hosillar bahsi” kompozitsiyasini namoyish etdilar. Jamoada 13 nafar ishtirokchilar o‘z ijrolarini namoyish etdilar. Tanlov Jizzax viloyat 2-sonli musiqa va san’at maktabi tomosha zalida bo‘lib o‘tdi.

“San’atim senga obod yurtim!” ijodiy ko‘rik-tanlovining tuman, viloyat va Respublika bosqichlari o‘tkazilib, Jizzax viloyati Paxtakor tumanidan Raxmatullaev Sanjar estrada yo‘nalishida o‘z ijrosi bilan qatnashdi. Tanlov nixoyasida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 fevraldagi PQ 112-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, "Madaniyat kunlari" doirasida  Jizzax viloyat Paxtakor tumani madaniyat bo‘limining "Gulzor" ashula va raqs xalq ansambli  jamoasi vodiy bo‘ylab ijodiy safarda bo‘ldilar. Safar vaqtida Farg‘ona viloyati “Ko‘zi ojizlar kutubxonasi”da 1-gurux nogironi Juraboeva Xakimaxonning qo‘shiklari taqdimoti tashkil etildi va o‘tkazildi. Tadbir davomida viloyat aholisi va talaba yoshlari e’tiboriga "Gulzor" ashula va raqs xalq ansambli tomonidan sevgi va sadoqatni, Vatanni, Tinchlikni tarannum etuvchi qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Ansamblning barcha ijrolarini tomoshabinlar olqishlar bilan kutib oldilar.

2022 yilning 5 iyul kuni Paxtakor tumani badiiy jamoasi “Badiiy xavaskorlik jamoalarining ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi” da faol ishtirok etdilar. Tanlov nizomi asosida berilgan 14 ta janrlar bo‘yicha “Gulzor” ashula va raqs xalq badiiy jamoasi o‘z ijrolarini namoyish etdilar. Hakamlar har bir  janrlarni 10 ballik tizimda baholab borlilar. Dasturdan o‘rin olgan maqom, yakka kuy, lapar, duet, sozandalar ijrosida kuy, yakka qo‘shiq, estrada qo‘shiq, yakka raqs, opera, badiiy o‘qish, muqaddima, xotima, yalla, ommaviy raqs kabi janrlarga puxta tayyorlangan dasturlari tomoshabinlar va hakamlar olqishlariga sazovor bo‘ldilar. Jamoada jami 32 nafar qatnashchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Tanlov nihoyasida hakamlar qaroriga ko‘ra 610 ball bilan baholandilar va tanlovda faxrli 3 o‘rinni egalladilar.

Paxtakor tumani madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Gulzor” ashula va raqs xalq ansambli xonanadalari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlari Jizzax viloyat televideniyasi “Navozanda” ko‘rsatuviga 2022 yilning 23 iyul kuni tasvirga olindi va efirga uzatildi. “Navozanda” ko‘rsatuvida “Gulzor” ashula va raqs xalq ansamblining badiiy rahbari G‘.Narzullaev hamda jamoaning xonanda va sozandalari ijrosidagi “Intizor” kuyi, “Onajon”, “Bo‘ylaringga”, “Dog‘im ziyodadur”, “Soqinomai savti kalon” kabi qo‘shiqlari ijro etildi.

Kamalak yulduzlari ko‘rik - tanlovining viloyat boskichi 2022 yilning 30 iyul kuni Jizzax viloyati yoshlar innavotsion markazida ko‘tkrinki ruxda tashkil etildi va o‘tkazildi. Tanlov nizomi asosida 6 ta yo‘nalishlar bo‘yicha ijrolar namoyish etildi. Paxtakor tuman madaniyat markazi qoshidagi “Jamalak”  bolalar folklor etnografik namunali jamoasi o‘zlarining xalq o‘yinlaridan tashkil topgan sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Tanlov nihoyasida hakamlar qaroriga asosan “Jamalak” bolalar folklor etnografik namunali jamoasi faxrli  2 o‘rinni egalladi hamda xakamlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 30 iyul kuni Jizzax viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda tuman madaniyat markazi “Bahora” folklor etnografik xalq badiiy jamoasining badiiy rahbari D.Qobilov hamda A.Ikromov madaniyat markazi rahbari R.Toxirovlar “Assalom Jizzax” dasturiga tashrifi tasvirga olindi va efirga uzatildi. D.Qobilov va R.Toxirovlar o‘z ijrolari va ijod namunalari  yuzasidan dastur boshlovchilari bilan suhbat davomida muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanining 2022 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan " YAngi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida bayram tadbiri keng nishonlandi. Tadbir davomida tuman madaniyat markazi tqoshidagi "Gulzor" ashula va raqs xalq ansambli, "Boychechak" bolalar estrada jamoasi, "Jamalak" bolalar folklor namunali jamoasi, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi "Afsona" raqs jamoasi  hamda taniqli xonanda Sardor Mamadalievlar o‘z ijrolari bilan qatnashdilar. Tadbirda jami 4000 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida badiiy jamoalar ko‘rik-taanlovida g‘olib bo‘lgan tuman jamoalarining taqdirlash marosimi tashkil etildi va o‘tkazildi. Tadbirda Paxtakor tumani madaniyat markazi badiiy jamoasi ham faxrli 3 o‘rinni egallagani uchun diplom va televizor qimmatbaxo sovg‘asi bilan taqdirlandi. Tadbirda 300 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi.

Jizzax viloyati Paxtakor tuman madaniyat markazi qoshidagi “Boychechak” bolalar estrada jamoasi 2022 yilning 23 sentyabr kuni “Assalom Jizzax” ko‘rsatuviga mehmon sifatida taklif etildi. Ko‘rsatuvda “Boychechak” bolalar estrada jamoasi rahbari B.Azizova hamda uning jamoasi o‘z ijrolari bilan ishtirok etdilar. “Assalom Jizzax” ko‘rsatuvi Jizzax televideniyasida 24 sentyabr kuni namoyish etildi.  Jamoa rahbari o‘z ijodi faoliyatidan so‘zlab berdi.

2022 yilning 29 sentyabr kuni “Iste’dod egalari” respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi Sirdaryo viloyatining musiqa va san’at maktabida tashkil etildi va o‘tkazildi. Tanlovning respublika bosqichida Jizzax viloyatidan 7 nafar imkoniyati cheklangan yosh istedodlar o‘z ijrolari bilan ishtirok etdilar. Paxtakor tumani madaniyat markazidan imkoniyati cheklangan 1-gurux nogironi SHuxrat Jozilov estrada qo‘shig‘i ijrosi bilan qatnashdi. Tanlovda Sirojiddin Saidov so‘zi, Ozodbek Nazarbekov musiqasi bilan “Vatan” qo‘shig‘ini ijro etdi. Tanlov nihoyasida hakamlar tomonidan SH.Jozilov ijrosiga 1 o‘rin berildi. 1 darajali diplom va qimmatbaxo sovg‘alar taqdim etildi.

2022-yilning 2-noyabr  kuni Paxtakor tuman madaniyat markazida tuman yoshlar ishlari agentligi va madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Besh bosqichli besh tashabbus”olimpiyadasi 2-mavsumining Yoshlar “Raqs” festivali o`tqazildi. Ushbu festival san`atning “Raqs” yo`nalishiga qiziquvchi yoshlar o`rtasida bo`lib o`tdi. Festival yakunida ishtirokchilar esdalik sovg`lari va diplomlar bilan taqdirlandi.Tadbirda jami 50 nafar yoshlar qamrab olindi

Joriy yilning 3 noyabr kuni tuman madaniyat markazi tomosha zalida “Xalq cholg‘ulari” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi. Tanlovda nizom asosida 3 yosh toifasida ya’niy 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifasiga ko‘ra iqtidorli yoshlar o‘z ijrolari bilan ishtirok etdilar va g‘oliblar hakamlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlovga jami 80 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Jizzax viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda tuman madaniyat markazi “Bahora” folklor etnografik xalq badiiy jamoasi hamda Mingchinor  madaniyat markazi to`garak rahbari A.Xakimovlar  “Assalom Jizzax” dasturiga tashrifi tasvirga olindi va efirga uzatildi.  “Bahora” folklor etnografik xalq badiiy jamoasi  o‘z ijrolari va ijod namunalari  yuzasidan dastur boshlovchilari bilan suhbat davomida muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi.Dastur nihoyasida “Bahora” folklor etnografik xalq badiiy jamoasi “ketmon topshirish “marosimini namoyish etdilar.

"Orifjon Xotamov" nomidagi maqom san`ti va mumtoz qo`shiqchlik respublika tanlovining viloyat  bosqichi 2022 yilning 8 noyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax shahrining Musiqali drama teatrida o`tkazildi. Tanlovda nizom bo`yicha 35 yoshgacha xavaskor Fotima Burxonova “Naylayin “qo`shig`i bilan faol ishtirok etdi.

Jizzax viloati Paxtakor tuman madaniyat markazi qoshidagi ,,Jamalak,, Namunali bolalar folklor jamoasi uz ijrolari bilan 2022 yil 9 noyabr kuni ,,Assalom Jizzax,, ko‘rsatuviga chikish kildilar. “Jamalak” bolalar Namunali jamoasi badiiy rahbari M.Xolmurodova o‘z jamoasi tomonidan tayyorlangan ijro dasturini namoyish etdilar. Suhbat davomida jamoaning eng faol ishtirokchisi Odiljon xolmurodov o‘rgangan xalq qo‘shiqlari va xalq o‘yinlari haqida gapirib o‘tdi. 9 noyabr kuni Jizax televideniyasida efirga uzatildi.

Bundan tashqari tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, kasb bayramlari, a’lohida sanalar kabi turli bayram tantanalarida tuman madaniyat markazi o‘zlarining konsert dasturlari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. “Paxtakor hayoti” gazetasida, televideniyada, Respublikamizdagi unvonga ega jamoalar telegramm saytida  o‘tkazilgan tadbirlarini yoritib bormoqdalar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар