https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Paxtakor tumani Mingchinor Mahalasi Jaholatga qarshi marifat tadbiri bo’lib o’tdi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani Mingchinor Mahalasi Jaholatga qarshi marifat tadbiri bo’lib o’tdi

Paxtakor tumani Mingchinor Mahalasi Jaholatga qarshi marifat tadbiri bo’lib o’tdi

22 май 2024 йил
114
0

 Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash yoʻnalishida oʻtkazilgan tadbirlar: Paxtakor tumani hokimligining 2024 yil 15 mayda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan ishchi guruh (Sh.Nazarov, U.Ishtaeva) tomonidan Paxtakor tumani Mingchinor mahallasida joylashgan 5 va 16-sonli umumta'lim maktablarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha yuqori sinf oʻquvchilarining ota-onalari bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda.Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek:“Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir."

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish,hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat,teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadimizdir. Biz yoshlar ko'plab kitoblar o'qishimiz, ilm olishimiz, dunyoqarashimizni kengaytirishimiz muhim hisoblanadi. Zamon bilan hamnafas bo'lgan holatda dinni mahkam tutishimiz darkor. Bu mas'uliyatni har birimiz his qilishimiz, unga fidokorona harakatda bo'lmoq lozim.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303