Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Jaholatga qarshi maʼrifat” targʼibot tadbiri bo’lib o’tdi

Paxtakorda “Jaholatga qarshi maʼrifat” targʼibot tadbiri bo’lib o’tdi

14 сентябрь 2023 йил
98
0

 Viloyat hokimligining 2023 yil 7 iyulda tasdiqlangan “Jizzax viloyati shahar va tumanlarda ekstremizm va missionerlikning asl qiyofasini namayon etuvchi “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʼibot tadbirlari doirasida fotokoʼrgazma va davra suhbati oʼtkazish boʼyicha” 06-81-sonli tadbirlar rejasi ijrosi hususida.

Kun tartibidagi masala boʼyicha yigʼilishni Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning Paxtakor tumani boʼyicha bosh mutaxassisi Sh.Nazarov ochib berib, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga egaligi va diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʼl qoʼyilmasligi belgilab qoʼyilganligi, qolaversa, vijdon erkinligi sohasida maxsus qonun qabul qilinib, unda har bir shaxsning diniy eʼtiqod huquqi, dinga munosabatidan qatʼiy nazar, fuqarolarning tengligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bogʼliq munosabatlar tartibga solinganligi aytib oʼtildi.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi (yangi tahrir) Qonunining 5-moddasiga muvofiq, davlatning diniy konfessiyalar oʼrtasidagi tinchlik va totuvlikni qoʼllab-quvvatlashi kafolatlanganligi, shuningdek, Qonunning mazkur moddasiga asosan bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etilganligi belgilab qoʼyilganligi tushuntirildi.

Shundan soʼng Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri N.Raimov soʼzga chiqib, tadbir qatnashchilariga tumandagi diniy vaziyatni sogʼlomlashtirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash, diniy mutaassiblikning oldini olish hamda tumandagi xotin-qizlari oʼrtasida sogʼlom muhitni yaratish, yoshlarni diniy ekstremizm va aqidaparastlik taʼsirlariga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tushunchalar berilib, yangi taxrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirib berildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʼra ijtimoiy tarmoqlarda maʼruzalarini eshitish, saqlash va tarqatish taqiqlangan shaxslar roʼyxati aytib oʼtildi hamda aholining, xususan oʼquvchilarning milliy aqidalarimizga zid boʼlgan turli diniy oqimlarga kirib qolishlariga qarshi olib borilayotgan profilaktik ishlari, xususan yoshlarning buzgʼunchi diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan madaniy – maʼrifiy tadbirlar borasida, barcha taʼlim muassasalarida va mahalla fuqarolar yigʼinlarida ekstremizm gʼoyalariga berilishning oldini olishga qaratilgan targʼibot tadbirlari hamda uchrashuvlar oʼtkazish va yoshlarni internetdan toʼgʼri maqsadda foydalanishi, yoshlarni har xil oqimlarga tushib qolmasligi hususida tushunchalar berdi.

Shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi Jizzax viloyat boʼlimi raisi O.Begimqulov soʼzga chiqib yigʼilish ishtirokchilariga tashkil etilgan fotokoʼrgazmalardan oʼzlariga tegishli xulosa chiqrishlarini, odamning ongini zaharlab har xil taʼsir qiluvchi tashqi kuchlardan extiyot boʼlishlarini, tinch va osoyishta Vatanimizning qadriga yetib yashash kerak ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

Bugun vatandan uzoqda oʼz yurtiga qarshi qurol koʼtarishgacha tayyor boʼlayotgan yoshlar tarbiyasida aslida qaerda xatoga yoʼl qoʼydik. Ona yurt shaʼni uchun xatto oʼz jonidan kechgan bobolarimiz qahramonliklari bugungi yoshlar ongiga kam singdirilayaptimikan degan oʼyga tolasan yoki boʼlmasa ota-onalar farzand tarbiyasida sustkashlikka yoʼl qoʼyib ulardan vaqtini qizgʼanyaptimikin. Har ne boʼlganda ham bunga shiddat bilan oʼzgaryotgan internet zamonida bir zum boʼlsada xushyorlikni yoʼqotish kelajakni yoʼqotish bilan barobar boʼlmoqda. Shunday ekan farzandlar kelajagi yoʼlida doimo sergak boʼlish tushunchalar berdi.

 

Shundan soʼng Tuman IIB ETQK boʼlimi boshligʼi R.Eshmirzaev soʼzga chiqib, “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish va yosh avlodning turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik faqat hukumatimiz yoki taʼlim muassasalarining vazifasi emas, balki har bir ota-onaning ham muhim burchlaridan biri ekanligini, farzandlarimizning boʼsh vaqtlaridan unumli foydalanib borishlarini taʼminlab berishimiz va nazorat qilishimiz lozimligi aytib oʼtildi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар