slot gacor
slot gacor
https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://radarlombok.co.id/lmb/pulsa/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovi

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovi

19 июль 2024 йил
103
0

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamkor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi boshlanganligini eʼlon qiladi:

Respublika ko‘rik-tanlovida ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlagan, jumladan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etayotgan davlat boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.:

 Ko‘rik-tanlovning 1 bosqichi – tuman miqyosida avgust oyida boshlanadi.

Tanlov o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish;

ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash;

ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash;

mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish;

ijtimoiy tashabbus ko‘rsatgan ishtirokchilarning ilg‘or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ‘ib qilish.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi”

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar o‘z arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:

- ishtirokchilar to‘g‘risidagi umumiy maʼlumot

- Nizomning 6-bandiga asosan ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albomlar, 15x20 sm o‘lchamdagi fotosuratlar va hokazolar);

- ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, HD formatida);

- ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.

Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qo‘shimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.

G‘olib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va hamkor tashkilotlar hamda homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi

 MUROJAAT UCHUN MANZIL: Paxtakor tumani hokimligi

 ???? 995561575 TO'XTAMISHOV SHAROF
???? 995530766   ORTIQBOYEV RUSTAM

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303