slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 Paxtakorda RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Paxtakorda RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

22 декабрь 2023 йил
114
0

   Joylarda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. 21-dekabr kuni Paxtakor tumani “Toshkent” mahallasida joylashgan Moliya bo‘limi yig‘ilishlar zalida yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅  Uchrashuvdan maqsad yoshlarni qiziqtirayotgan savollariga javob berish, mavjud muammolarni birgalikda hal qilish va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda tumandagi barcha mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdilar.

✅  Uchrashuvda Paxtakor tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘icha o‘rinbosari Qo’ldoshev Fazliddin Hamidovich so‘zga chiqib, 2023 yilda tumanda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2024 yildagi rejalar haqida yoshlarga aytib o‘tdi.

✅  Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ular muammolari atroflicha o‘rganilib shu joyning o‘zida еchim topildi.

Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlarning ta’lim, bandlik, kredit olish, tadbirkorlik, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish, subsidiya olish borasidagi savollari, takliflari tinglandi. Ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 ✅   Tadbirda yoshlar ishlari agentligi Paxtakor tuman bo‘limi boshlig‘i Axmurotov Jasur Egamberdiyevich ham so‘zga chiqdi va yoshlar bilan samimiy suhbat tashkil etildi.

✅  Shundan so’ng tuman madaniyat bo’limi hodimlarining konsert dasturi hamda 5 tashabbus olimpiadasising Quvnoqlar va Zukkolar tanlovi respublika bosqichida 2-o’rinni qo’lga kiritgan Buyuk ipak yo’li mahallasi yoshlaridan tashkil topgan  “Yoshlar” jamoasining chiqishi bilan yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

✅  Uchrashuv nihoyasida tuman ijtimoiy va iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh iqtidorli yoshlar Paxtakor tuman hokimligining tashakkurnomalari  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303