Nazariyadan amaliyot sari…
Jizzax viloyati Paxtakor tumani xalq ta`limi bo`limi tabiiy fanlar metodisti Sh.Sharipova tomonidan 4-umumta`lim maktabida tumandagi barcha ta`lim muassasalarning fizika va biologiya fan o`qituvchilari ishtirokida tuman seminari tashkil etildi. Mazkur seminarda “Murakkab masalalar va ularning yechimlari” mavzusi doirasida trener o`qituvchilar tomonidan tabiiy fanlardan o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha murakkab masalalar va ularning yechimlariga oid amaliy o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi.
O`quv mashg`ulotlari davomida fan o`qituvchilari tomonidan 9-11-sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan laboratoriya mashg`ulotlari ham olib borildi.
Муҳокамага қўшилинг