Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yer maydonlari www.e-auksion.uz internet manzili ochiq elektron savdoga qanday chiqariladi

Yer maydonlari www.e-auksion.uz internet manzili ochiq elektron savdoga qanday chiqariladi

26 апрель 2022 йил
380
0

 Hurmatli fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 14-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 71-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi belgilangan. Ushbu qarorga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritish va kengaytirish istagida bo’lganlar qishloq xo’jaligiga mo’jallanmagan yer maydonlarini www.e-auksion.uz internet manzili orqali ochiq elektron savdo maydonchasidagi savdolarga qatnashib yutib olishi mumkin.

Bundan tashqari Siz o’z hududingizdagi yoki siz yashayotgan manzil yaqinidagi tuman zaxirasida bo’lgan yer maydonlarini taklif sifatida kiritib, bo’sh yer maydonlarini auksionga chiqarilishida o’z hissangizni qo’shishingiz hamda o’zingiz uchun maqul hududdan auksion savdosi g’olibiga aylanib yer egasi bo’lishingiz mumkin. Ushbu holatda fuqarolar Paxtakor tumani hududidagi auksionga chiqarilishi uchun taklif etilayotgan yer maydoni to’g’risidagi ma’lumotlarni (imkoniyati mavjud bo’lganda yer maydoni fotosuratlari bilan birga) Paxtakor tuman Qurilish bo’limi yoki Davlat kadastrlar palatasi Paxtakor tuman filialiga taqdim etish kifoya. Fuqarolar tomonidan taklif berilgan Paxtakor tumani hududidagi yer maydonlari tuman zaxirasida ekanligi hamda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelishi tasdiqlanganidan so’ng tez fursatda auksion savdosiga chiqarib berilishini ma’lum qilamiz.

 

Murojaat uchun telefonlar:

Paxtakor tuman Qurilish bo’limi: +99872-353-18-86

Davlar kadastrlar palatasi Paxtakor tuman filiali: +99872-353-10-24

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар