“YOSHLAR MARAFONI” VA “VELOMARAFON” MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI BO’LIB O’TDI
Joriy yilning 19 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92 sonli qarori ijrosini ta’minlash” hamda mamlakatimizda yoshlar orasida giyohvandlikni tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashish mahallalarda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish sog’lom turmush tarzini keng ommalashtirish maqsadida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida o’tkazilgan “YOSHLAR MARAFONI” va “VELOMARAFON” musobaqasining tuman bosqichi tumanga kiraverishda joylashgan Cho’lquvarlar haykali monumenti oldidan start olib, tuman madaniyat markazida finish joylashtirildi.
Tadbirda tumandagi 15 ta mahallalardagi uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdilar. Musobaqa so’ngida Yoshlar ishlari agentligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Tuman Hokimligi, Turizm va sport bo’limi, tuman IIB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda g’olib ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Velomarafonda 1 o’rinni Oltinko’l Mahallasidan Nurullayev Javohir qo’lga kiritdi, Yugurish marafonida esa 1-o’rinni Suvonobod Mahallasidan Oxmurodov Firdavs qo’lga kiritdi bundan tashqari Samardand, Dilorom, Toshkent mahallasining yoshlari ham 2 va 3 o’rinlarni egalladilar va hamkor tashkilotlar tomonida Diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Aytish joizki bu kabi musobaqalar yoshlar o’rtasida sportga bo’lgan qiziqishning ortishiga, sog’lom turmush tarzida yashashga va turli xil illatlarga qaram bo’lib qolmasliklari bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Yoshlar ishlari agentligi
Paxtakor tuman bo’limi boshlig’i D.Hakimov
O’zbekiston yoshlar ittifoqi
Paxtakor tuman Kengashi raisi S.Lapasov