https://simpatik.rri.go.id/images/ https://simponi.sukabumikota.go.id/vendor/sdana/ https://simpatik.rri.go.id/css/slot-dana/ http://sirika.bkkbn.go.id/svg/ https://fh.uki.ac.id/vendor/ https://buku.ortax.org/sgacor/ https://feb.uki.ac.id/vendor/common/ https://online.umm.ac.id/css/
 MAHALLALARDA ISTIQOMAT QILUVCHI YOSHLAR O’RTASIDA OMMAVIY SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » MAHALLALARDA ISTIQOMAT QILUVCHI YOSHLAR O’RTASIDA OMMAVIY SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

MAHALLALARDA ISTIQOMAT QILUVCHI YOSHLAR O’RTASIDA OMMAVIY SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

09 апрель 2022 йил
425
0

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish, sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish hamda ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan farmonlarining ijrosi yuzasidan tumanimiz mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o’rtasida sport musobaqalariga start berildi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida 9 ta ommaviy sport turlari bilan musobaqa tashkil etildi. Uyushmagan, kam taʼminlangan va ayni paytda ishsiz yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida start olgan mazkur musobaqaning dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida tuman hokimligi, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari tuman va viloyat kengashining deputatlari, Bolalar va o’smirlar sport maktabi murabbiylari va Yoshlar ishlar agentligi hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi. Taʼkidlash joiz, mazkur saralash musobaqasi dastlab, tumandagi 4ta sektor kesimida 15 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar shahar, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqalardan ko’zlangan maqsad, Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirishdir.

Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Ushbu festivalda doirasida tumanimizning iqtidorli sportchilaridan biri Mamatova Rayhona 5-8-aprel kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan dzyudo sport turi yo’nalishida 48 kg vazn toifasida faxrli 3-o’rinni qo’lgan kiritganligi munosabati bilan tuman hokimligining qimmatbaho sovg’asi bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar nafaqat yoshlarning, tumanimiz aholisi uchun ham ayni muddao.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар