Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Aholini ro‘yxatga olish-kelajak sari yangi qadam

Aholini ro‘yxatga olish-kelajak sari yangi qadam

30 июнь 2022 йил
240
0

Aholini ro‘yxatga olish-kelajak sari yangi qadam

  Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar har qanday Davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat Respublika, balki yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

 

  BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning demografik ko‘rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o‘sib borishini taʼminlash uchun har o‘n yilda kamida bir marotaba aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so‘ng keng ko‘lamda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

  Aholini ro‘yxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo‘lib, uning o‘tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining soni  (2021 yil 1 yanvar holatiga Respublika aholisi 34 558,9 ming kishi tashkil etgan), fuqaroligi, nikoh holati yaʼni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning taʼlim darajasi (o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xo‘jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud bo‘lmagan maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi.

 

Paxtakor tumani statistika bo‘limi  

yetakchi mutaxasissi:Nazarov Oybek

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Aholini ro‘yxatga olish strategik masala
14 июнь 2022, Вторник
Aholini ro‘yxatga olish strategik masala
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
27 апрель 2022, Среда
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
21 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
07 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар