Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Majburiy ijro byurosining xabarnomalari va chaqiruvlari

Majburiy ijro byurosining xabarnomalari va chaqiruvlari

30 июнь 2022 йил
326
0

 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining xabarnomalari va chaqiruvlari

 

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 221-moddasiga asosan ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari to‘g‘risida va majburiy ijro etish choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari orqali chaqirtirilishi belgilangan.

Shuningdek, ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qo‘llashga haqli ekanligi hamda majburiy ijro etish choralari to‘g‘risida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi mazkur choralarning bajarilishiga to‘sqinlik qilmasligi ham qonunda nazarda tutib o‘tilgan.

Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni ko‘rsatmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, o‘qish joyiga yuborilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

       

Byuroning Paxtakor tuman bo`limi

L.A.Rustamova.

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар