Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda "OLTIN KUZ SAXOVATI VA OSH" tanlovi bayramona nishonlandi.

Paxtakorda "OLTIN KUZ SAXOVATI VA OSH" tanlovi bayramona nishonlandi.

15 октябрь 2022 йил
413
0

 Kuz fasli kirib bobo dehqonlarimiz yetishtirgan biri-biridan mazali mevalar pishib yetilganda yurtimizda “Hosil bayrami” nishonlanadi. Asrlar davomida bobolarimiz tomonidan nishonlab kelingan bu bayram saxovatli zaminimizda yetishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish pallasi yakunlarining ramziy ifodasidir.

Shu bilan bir qatorda Paxtakor pedagogika kollejida 15 oktabr– "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan PAXTAKOR PEDAGOGIKA KOLLEJI talabalari o‘rtasida "OLTIN KUZ SAXOVATI VA OSH" tanlovi bayramona keng nishonlandi.

Tadbirda quyoshli o`lkamizda yetishtiriladigan mazali hamda foydali meva va sabzavotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Bobodehqonlarimizning mashaqqatli mehnatlari ulug`landi. Kollejning II-bosqich talabalari tomonidan osh damlanim hakamlar hayatiga taqdim qilindi. Tuman hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari, tuman hokimining xotin qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari, tuman maktabgacha ta’lim bo’limi, mahalla raisi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirlari ishtirokida tuzulgan hakamlar hayati xulosasiga ko’ra Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi yo’nalishining 17-21 guruh talabalari I-orin. 18-21 guruh talabalari II-orin. 16-21 guruh talabalari III-orinlarni qo’lga kiritdilar. G’oliblarga kollejning budjetdan tashqari ishlab topilgan mablag’lari xisobidan zamonaviy televezorlar va estalik sovg’alari hakamlar hayati tomonidan tantanali topshirildi.

Tadbirda bolajonlar olma, anor, nok va uzum singari sarhil mevalar, sabzi, sholg`om, piyoz, karam singari vitaminga boy sabzavotlar timsolida jam bo`lib, ramziy hosil yig`ilganligini ifoda etdilar. Ular tomonidan yoddan aytilgan she`rlar, turli sahna ko`rinishlari va qiziqarli topishmoqlar barchaga manzur bo`ldi.

Tuman madaniyat bo’limi xodimlari va kollejning Musiqa yo’nalishi talabalari tomonidan ijro etilgan sho`x kuy va qo’shiqlar, jozibali raqslar ham tadbir ishtirokchilariga o`zgacha zavq bag`ishladi. 

Tadbirni tashkil etishda faol qatnashgan jonkuyar Shodmonov Sultonboy, qo’shanov Akmal hamda kollej molya iqsod bo’yicha drektor o’rinbosari Boltaev Sherzodlarning mehnatlarini ham alohida e`tirof etish o’rinlidir.

Tadbir so’ngida tuman hokimi o’rinbosari ajoyib tarzda tashkil etilgan "OLTIN KUZ SAXOVATI VA OSH" tashkilotchi va ishtirokchilariga tuman hokimining minnatdorchliligini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар