Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Bir maktabning ikki faxri, yaxshi gapning qanoti bor, deyishadi. Biz ham ana shunday qanotli gaplardan sarmast bo’lib yuribmiz.

Bir maktabning ikki faxri, yaxshi gapning qanoti bor, deyishadi. Biz ham ana shunday qanotli gaplardan sarmast bo’lib yuribmiz.

20 октябрь 2022 йил
234
0

 Adabiyotga oshno qiz!

Paxtakor tumani 8-ixtisoslashtirilgan umumy o’rta ta’lim maktabining o’quvchilari Musurmonova Dilshoda va Mamatqulova Rayhona o’z yutuqlari bilan quvontirmoqda. Musurmonova Dilshoda maktabning 11-sinf o’quvchisi. U adabiyotga oshno qizlardan. “Kitob - yolg’izlikda do’st” degan edi buyuklardan biri. Dilshoda ham o’zini anglagan, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxonani o’ziga oshiyon qilib olgan. U ijodini 14 yoshdan boshlagan. 2021-yilda o’z ijod namunalarini jamlab “G’unchalarda hayot jarangi” she’riy to’plamini nashrdan chiqardi. Dilshoda bu bilan cheklanib qolmay o’z maqolalarini xalqaro jurnallarda ham aks ettirdi. Jumladan Rossiya fedaratsiyasining “НАУЧНЫЙ ИМПУЛЬС” xalqaro zamonaviy ilmiy-amaliy jurnalining  avgust oyi sonida “Muallim—millat yuzi”, sentabr oyi sonida “Qani endi azoblar ham senga o’xshab meni borligimni unutsa” nomli maqolalari nashr etildi. Bundan tashqari u Zulfiya nomidagi  davlat mukofatining “Adabiyot” yo’nalishida tumanda faxri birinchi o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Hozir tayyorgarlik avjida.  

Maktabimning yana bir o’quvchisi Mamatova Rayhona sportning DUZYUDO kurash turi bo’yicha viloyat, respublika, Osiyo o’yinlar chempioni. U ham Dilshoda singari Zulfiya nomidagi davlat mukofatining “Sport” yo’nalishida viloyat bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Rayhona kurash bo’yicha nafaqat tuman , viloyat, bosqichlarida, Respublika va Osiyoda ham o’zini ko’rsata olgan. Maktab ma’muryati umidli bu ikki o’quvchilarga bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etishini tilab qoladi.

 

 

PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар