Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » DIQQAT E’LON ! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

DIQQAT E’LON ! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

17 февраль 2023 йил
199
0

O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’RQ-537-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 259-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiningning 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarorlariga asosan “Transport oqimi nazorati” MChJ tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida xavfsiz va aqlli shahar uskunalarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirishga davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish va foydalanish bo’yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha doirasida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida xavfsiz va aqlli shahar asboblarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflarini  2023-yil 2-aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha  topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

Loyiha haqida malumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tender hujjatlari (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Paxtakor tuman hokimligi Jizzax viloyati Paxtakor tuman, Paxtakor shaxri Rashidov ko’chasi 1-uy Tel:(0372) 353-14-44, E-mail: info@jizzax.uz
  2. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. E-mail:pppinfo@.ppp.mf.uz RSultanmuratov@ppp.mf.uz Tel: +998 71 203-03-07 (702). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirilgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qoq’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Paxtakor tuman hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar o’rtasida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар