Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Zulfiyaxonim malikasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

“Zulfiyaxonim malikasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

01 март 2023 йил
275
0

 1-mart atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlab “Muxabbat va sadoqat kuychisi” mavzusida Paxtakor tumanining barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablarida ijodiy kechalar bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan tumandagi 2-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Karimov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Paxtakor hayoti” gazetasi bosh muhariri Mahfirat To‘xtasheva, hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi rahbari I.Xoliqovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Paxtakor hayoti gazetasi bosh muhariri Mahfirat To‘xtasheva yosh kitobxonlarga  Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Yosh kitobxonlar tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qildi. Tashkilotchilat tomonidan “Zulfiyaxonim malikasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”
01 декабрь 2022, Четверг
“Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”
MATBUOT ANJUMANI
08 октябрь 2022, Суббота
MATBUOT ANJUMANI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар