Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

31 март 2023 йил
207
0

❇✅ Muborak Ramazon oyining maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi oʼrni va ahamiyati beqiyos. Ushbu oyda eʼtiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos maʼnaviy qadriyat hisoblanadi.
✅ Shu bois ham, Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Paxtakor tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.  
✅ “Gʼalaba” mahalla fuqarolar yigʼinida “Maxalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga nuroniy otaxon va onaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, "Аyollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar vakillari taklif etildi.
Iftorlik dasturxonida yoshi ulugʼ otaxonu onaxonlar duoga qoʼl ochib, yurtimizga tinchlik, elimizga omonlik, xonadonlarga baraka soʼrashdi, koʼrsatilgan hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirishdi.

✅ Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʼzgʼorimizga baraka, dehqonlarimizga moʼl xosil tilab, duo qilishdi. 

✅ Bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallada tashkil etilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар