Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Iftorlik dasturxonida Pok niyatlar, sof tilaklar ijobati soʼraldi

Iftorlik dasturxonida Pok niyatlar, sof tilaklar ijobati soʼraldi

06 апрель 2023 йил
238
0

 Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida butun Respublikamizda bo‘lgani kabi Paxtakor tumanidagi mahallalarda ham xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi "Suvanobod" mahallasida yashovchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 nafardan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar jam bo‘lgan ushbu xayriya tadbiri “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan o‘tkazildi.

Har dil ezgulikka oshno, qalblar xayrli amallarga yoʼgʼrilgan! Iftorlik dasturxoni bahonasida koʼngillar diydor koʼrishdi. Pok niyatlar, sof tilaklar ijobati soʼraldi. Ramazon oyida bugungi iftor "Sulton" to’ylar majmuasida boʼlib oʼtdi. Yuzlaridan nur yogʼilib turgan nuroniylar, munis onajonlar yurt tinchligi, yanada gullab, farovonlik sari yuz tutishini tilab, fotihaga qoʼllar ochishdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan ushbu mahallada yotib qolgan fuqarolar holidan xabarlar olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар