Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» Tuman Kengashining sessiyasi TEGISHLI QARORLAR QABUL QILINDI

Tuman Kengashining sessiyasi TEGISHLI QARORLAR QABUL QILINDI

28 январь 2023 йил
271
0

 Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas'ul idora va tashkilot rahbarlari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi, tuman hokimi A.R.Ashurov boshqarib bordi.

Cessiya kun tartibiga qo‘yilgan “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g'risida”gi birinchi masala yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari A.R.Ashurovning, tuman prokurori, 2-sektor rahbari I.M.Begashevning, IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari E.B.Axmedovning hamda tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari U.A.Safarovning axboroti eshitildi.

Navbatdagi, tuman prokuraturasi organlari tomonidan 2022 yil davomida insoniyat taraqqiyotining zavoli bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha sohada amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, “Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi to‘g'risida”gi sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar borasida ham tuman prokurori va IIB boshlig'i ma'lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtakor tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.O‘.Xudoyberdievning “Sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini o‘rganish” yuzasidan kiritilgan axborotidan so‘ng ishtirokchilar  “Jinoyat, fuqarolik hamda Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudi raislarining 2022 yilda odil sudlovni amalga oshirish borasida olib borgan ishlari” haqida jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudining raisi O‘.B.Sattarovning, fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi .E.Hakimovning hamda Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining raisi I.B.Qurbonovning ma'ruzalarini ham tingladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 6118-sonli Farmonining ijrosi bo‘yicha bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi boshlig'i A.R.Lapasov, “Joylarda me'yor ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti  bo‘yicha axborotlarni eshitish to‘g'risida”gi masala yuzasidan esa tuman adliya bo‘limining boshlig'i H.R.Qushmatov hisobot berdi.

Shuningdek, sessiya ishtirokchilari moliya bo‘limining boshlig'i A.G'.Meliboevning  “Mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag' ajratish to‘g'risida”gi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasining raisi M.X.O‘rolovaning “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan, oilaviy ahvoli og'ir bo‘lgan fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg'armasi mablag'lari hisobidan bir martalik moddiy yordam ajratish to‘g'risida”gi taqdimnomasini ham tingladilar. Qizg'in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

M.TOXTASHEVA.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар