Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda xotin-qizlar qo’llab quvvatlanmoqda

Paxtakorda xotin-qizlar qo’llab quvvatlanmoqda

07 апрель 2023 йил
364
0

 Xotin-qizlarni har tamonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash, “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash borasida tumanda bir qtor ishlar amalga oshirilmoqda.

Paxtakor tumanida tuman hokimi oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi D.Shonazarova, Jizzax viloyati Xotin-kizlar tadbirkorlik markazi treneri D.Buriboeva va АT Xalk banki Paxtakor filiali Аyollar va oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha boshqaruvchi o’rinbosari G.Toshtemirovalar birgalikda 2023 yil uchun “Аyollar daftari”ga kiritilgan 2521 nafar xotin-qizlar bilan ishlash borasida samarali ishlarni olib bormoqda. Jumladan

-570 nafar ishsiz xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, oʼzini-oʼzi band qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, subsidiyalar ajratish, tomorqalaridan unumli foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratish borasida qo’llab quvvatlanmoqda

Ushbu daftarning 2-toifasi boʼyicha roʼyhatga olingan “Tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan extiyojmand xotin-qizlar” tuman АT Xalq banki va Jizzax viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan xamkorlikda 63 nafari “Dastlabki biznes yoʼnalishi” boʼyicha oʼquv-kursini tamomlagan xotin-qizlar o’z sertifikatlariga ega bo’lishgan.

-60 nafardan ortiq ayollarga oʼz tadbirkorliklarini yoʼlga qoʼyish uchun imtiyozli kreditlar ajratish borasida Xalq bank, Аgro bank, Mikrokredit banklar tomonidan kreditlar ajratish ishlari boshlab yuborilgan.

Joriy yilning birinchi choragida Xalq banki taʼmonidan 10 nafar ayolga 108 620 000 ming soʼm miqdorda kredit ajratilib. 20 nafardan ortiq ayollarni ish bilan bandligini taʼminlashga erishilgan.

Аgro bank tamonidan 5 nafar ayolga imtiyozli kredit ajratilib tadbirkorligi uchun 21 500 000 ming soʼm miqdorida kredit ajratilgan bo’lib, 10 nafardan ortiq ayollarni ish bilan bandligini taʼminlashga erishilgan.

Mikra kredit bank taʼmonidan 1 nafar ayolga 19 700 000 ming soʼm miqdorida kreditlar ajratilib bandligi taʼminlandi.

Bu borada samarali ishlar davom etmoqda.

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар