Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » • Xalq deputatlari tuman Kengashining 48-sessiyasi HISOBOTLAR MUHOKAMA ETILDI

• Xalq deputatlari tuman Kengashining 48-sessiyasi HISOBOTLAR MUHOKAMA ETILDI

01 апрель 2023 йил
169
0

 Tuman hokimligining majlislar zalida bolib o'tgan sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A.Ashurov olib bordi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari,  hokim o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Sessiya avvalida tumanimiz rahbari A.Ashurov aholi tomonidan qilinayotgan murojaatlar to‘g‘risida so‘zlab, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning talab darajasida emasligini aytib o‘tdi. Xususan, har bir fuqaroning murojaati sohalar kesimida o‘z vaqtida va qonun doirasida hal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini ta'kidladi.

 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zahiraga olinadigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.E.Eshpo‘latovning hisobotlari eshitildi va deputatlar tomonidan muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida 2-sektor rahbari I.M.Begashev axborot berdi. Ayni kunning dolzarb masalasi sifatida sessiya kun tartibidan o‘rin olgan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risidagi masala borasida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.X.Qo‘ldoshev ma'ruza qilib, bugungi kunda hududimiz aholisining 35213 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini, ushbu ko‘rsatkichning 17323 nafari esa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat ekanligini aytib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida   yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, shu bilan birga ularning bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

So‘ngra tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limining boshli‘'i D.A.Shonazarovaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-martdagi 145-sonli qarori asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish xususida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Deputatlar sessiyada muhokama etilgan masalalar bo‘yicha so‘zga chiqib, o‘larining takliflarini bildirdilar.

M.TOXTASHEVA.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар