Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv seminari bo'lib o'tdi

Paxtakor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv seminari bo'lib o'tdi

22 май 2023 йил
269
0

 Paxtakor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023-yil 19-may kuni “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Paxtakor tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i I.Xoliqov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba rahbari  G.Ho‘jamqulova, “Paxtakor hayoti” gazetasi bosh muharriri M.To‘xtasheva, Paxtakor tuman din ishlari bo‘yicha mutaxassis Sh.Nazarov , 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi shoira G.Usmonova, “Buyuk ipak yo‘li” MFYdagi Yorqin Ali taxallusi bilan ijod qilgan shoir B.Soatov hamda Paxtakor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, 9-11 sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktori S.Raxmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

S.Raxmatova Muhtaram Prezidentimizning shior va chaqiriqlari asosida maktabda tashkil etilgan seminarning mazmun mohiyati bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. “Ilmni qadrlang, ilmga intiling bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin ! Vatanimizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimizning qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq ekanligini har bir ma’ruzalarida uqtirib o‘tganligi” to‘g‘risida gapirdilar.

Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda. Bizning maqsadimiz-yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb hunarlarni puxta egallaydigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat ekanligini tadbir ishtirokchilariga aytib o‘tdilar.

Tadbirda Paxtakor tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i I.Xoliqov tadbir ishtirokchilariga o‘zining dil so‘zlarini bildirib bugungi tadbir yoshlarimizning  kelajagi uchun ularning bilim olishlari, yuksak salohiyatli bilimli bo‘lib voyaga yetishlari uchun motivasiya berdi.

Bugungi o‘quv seminarida maktabning 8-sinf o‘quvchisi Bolibekova Gulzoda  Odil qizining 2 kitobi nashrdan chiqqanligi bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi.

“Paxtakor hayoti” gazetasi bosh muharrir M.To‘xtasheva tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 8-sinf o‘quvchisi Bolibekova Gulzoda Odil qizining 2 kitobi nashrdan chiqqanligini e’tirof etib o‘quvchimizning kelajakdagi ishlariga omadlar tiladi.

Tadbir davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba rahbari G.Ho‘jamqulova  maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan “Ilmni qadrlang, ilmga intiling”  shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi. Mashg‘ulotda o‘quvchilarning tarbiyasi, odob axloq qoidalari bilan tanishtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Yoz 2023-yildagi ta’til davrida o‘quvchilarimiz ta’tilni mazmunli o‘tkazishi, maktablarda tashkil etilgan besh tashabbus doirasida to‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish to‘g’risida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘quvchilarning to‘garaklarga jalb qilish va to‘garaklarga qatnashishini ham bundan keyin “kundalik.com” tizimiga kiritilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida maktabning ‘Raqs to‘garagi” ishtirokchi qizlari tomonidan raqs va musiqali chiqishlar va ijodkor o‘quvchi yoshlar tomonidan she’r va  qo‘shiqlar  tinglandi.

Maktabda tashkil etilgan “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv seminar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Paxtakor tumani hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар