Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda harbiy vatanparvarlik festivali o'tkazildi

Paxtakorda harbiy vatanparvarlik festivali o'tkazildi

12 июнь 2023 йил
172
0

 Paxtakorda "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik"shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali o'tkazildi!

Jizzax garnizoni  harbiy qism va harbiy orkestir jamoasi va tuman hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik festival aholi va yoshlarini bir joyga jamladi.

Festival doirasidagi harbiy xizmatchilarning qo'l jangi sahnasi, faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoalari ishtirokida ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ketma-ketligi yoshlarda vatanparvarlik shijoatini oshirib ularga yanada ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

“Yoshlar oyligi” doirasida joylarda turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani ertamiz egalari dilidagi vatanparvarlik hislarini oshirishga qaratilganligi bilan e’tibor qozonib kelinmoqda. Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida aholi koʻplab yigʻiladigan joylarda, istirohat bogʻlarida, sayyor konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Xususan, tuman markazida joylashgan “Yoshlar sayilgohi” istirohat bogʻi ayni kunda qaynoq qalbli yoshlar bilan gavjum bo’ldi. Harbiy orkestr jamoasi tashrifini maskan ahli yuqori kayfiyatda kutib oldi. Turli so’zlar uygʻunligida taralayotgan kuylar aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar uchun yuqori kayfiyat manbai boʻlib xizmat qildi.

Muxtasar qilib aytganda "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida tashkil etilgan harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlari yoshlarni ona vatanga xizmat qilishdek oliy maqsad sari yetaklashi, qolaversa tashkil etilgan konsert dasturi doirasida baxtiyor oilalar, shodon bolajonlar koʻzlaridagi quvonchdan barchaga birdek manzur boʻlganini sezish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар